35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ОЛИС ҲУДУД МАКТАБИДА ҚЎШАЛОҚ БАЙРАМ
янв.21
БИЛИМЛАР КУНИ — ЯНГИ МАҚСАДЛАР ВА ЯНГИ ИМКОНИЯТЛАР ИБТИДОСИ
янв.21
ҲУРРИЯТ МАҲАЛЛАСИДАГИ МУАММОЛАР ВА ОБОДОНЛАШТИРИШ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
УРУШ ҚАТНАШЧИСИГА КЎКРАК НИШОНИ ТОПШИРИЛДИ
янв.21
СОҲИЛ МАҲАЛЛАСИДАГИ БУНЁДКОРЛИК ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ АМАЛИЙ НАТИЖА БЕРДИ
янв.21
«НУРАФШОН» МАҲАЛЛАСИДА ЗАМОНАВИЙ БИНО ФОЙДАЛАНИШГА ТОПШИРИЛДИ
янв.21
2027 ЙИЛ ҲОСИЛИ УЧУН КУЗГИ ДОН ЭКИНЛАРИНИ ЭКИШ БЎЙИЧА СЕМИНАР ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТЛАР «МУСТАҚИЛЛИКНИНГ 35 ЙИЛЛИГИ» КЎКРАК НИШОНИ БИЛАН ТАҚДИРЛАНДИЛАР
янв.21
ЁШЛАР ЕТАКЧИСИ ФАОЛИЯТИДА ҚОНУН ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
Tashabbusli budjet loyihasi doirasida maktabda amalga oshirilgan ishlar o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi raisi, viloyat deputati O‘.Tojiyeva hamda Kengash kotibiyati mudiri A.Nosirov tomonidan Tashabbusli budjet — 2026-yil 1-mavsumida g‘olib bo‘lgan loyiha doirasida Qo‘qon shahar 1-sonli umumta’lim maktabida amalga oshirilgan ishlar o‘rganildi.

O‘rganish davomida loyiha doirasida maktabda amalga oshirilgan qurilish-ta’mirlash ishlari, yaratilgan shart-sharoitlar hamda o‘quv jarayoni uchun zarur infratuzilmaning holati ko‘zdan kechirildi.

️Mazkur loyiha asosida maktab binosiga 60 kVt quvvatga ega quyosh panellari o‘rnatilgan. Ushbu zamonaviy energiya tejamkor texnologiya maktabning elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojini qoplash hamda energiya resurslaridan samarali foydalanishga xizmat qiladi.

Shuningdek, loyiha doirasida sinf xonalari ta’mirlandi. Ta’mirlash ishlari belgilangan muddatlarda yakunlanib, maktabda o‘quvchilar uchun yanada qulay va zamonaviy ta’lim muhitini yaratishga zamin yaratildi.

O‘rganish jarayonida loyiha doirasida rejalashtirilgan ta’mirlash ishlarining o‘z muddatida yakunlangani qayd etildi.

Ayni vaqtda maktabni loyiha doirasida nazarda tutilgan zarur jihozlar bilan ta’minlash ishlari davom etmoqda. Jihozlarning bosqichma-bosqich olib kelinishi va o‘rnatilishi natijasida yaratilgan sharoitlardan o‘quvchilar hamda pedagoglar yanada samarali foydalanishlari ko‘zda tutilgan.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 5