35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ОЛИС ҲУДУД МАКТАБИДА ҚЎШАЛОҚ БАЙРАМ
янв.21
БИЛИМЛАР КУНИ — ЯНГИ МАҚСАДЛАР ВА ЯНГИ ИМКОНИЯТЛАР ИБТИДОСИ
янв.21
ҲУРРИЯТ МАҲАЛЛАСИДАГИ МУАММОЛАР ВА ОБОДОНЛАШТИРИШ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
УРУШ ҚАТНАШЧИСИГА КЎКРАК НИШОНИ ТОПШИРИЛДИ
янв.21
СОҲИЛ МАҲАЛЛАСИДАГИ БУНЁДКОРЛИК ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ АМАЛИЙ НАТИЖА БЕРДИ
янв.21
«НУРАФШОН» МАҲАЛЛАСИДА ЗАМОНАВИЙ БИНО ФОЙДАЛАНИШГА ТОПШИРИЛДИ
янв.21
2027 ЙИЛ ҲОСИЛИ УЧУН КУЗГИ ДОН ЭКИНЛАРИНИ ЭКИШ БЎЙИЧА СЕМИНАР ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТЛАР «МУСТАҚИЛЛИКНИНГ 35 ЙИЛЛИГИ» КЎКРАК НИШОНИ БИЛАН ТАҚДИРЛАНДИЛАР
янв.21
ЁШЛАР ЕТАКЧИСИ ФАОЛИЯТИДА ҚОНУН ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
Tashabbusli budjet loyihasi doirasidagi qurilish ishlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi raisi, viloyat deputati O‘.Tojiyeva hamda Kengash kotibiyati mudiri A.Nosirov tomonidan Tashabbusli budjet — 2026-yil 1-mavsumida g‘olib bo‘lgan loyiha doirasida Onkologiya shifoxonasida olib borilayotgan qurilish va ta’mirlash ishlari ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish davomida loyiha doirasida amalga oshirilayotgan ishlarning borishi, qurilish jarayonining loyiha hujjatlariga muvofiqligi hamda belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida bajarilishi holati bilan yaqindan tanishildi.

Mazkur loyihaning umumiy qiymati 1 milliard 580 million so‘mni tashkil etib, qurilish-ta’mirlash ishlari “Zamin taraqqiyot farovon qurilish” MCHJ tomonidan olib borilmoqda.

Ayni paytda shifoxona hududida yangi, zamonaviy va ikki qavatli bino barpo etilmoqda. Bino zamonaviy tibbiy jihozlar bilan ta’minlanishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, mazkur loyiha shifoxonada tibbiy xizmat ko‘rsatish sharoitlarini yanada yaxshilashga xizmat qiladi.

️O‘rganish davomida qurilish ishlarining amaldagi holati, bajarilayotgan ishlarning sifati va loyiha doirasida belgilangan vazifalarning ijrosi yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.

Loyihani to‘liq yakunlash muddati 2026-yil 25-dekabr etib belgilangan.

️Muloqot davomida qurilish ishlarini belgilangan muddatlarda yakunlash bilan bir qatorda, bajarilayotgan ishlarning sifatiga alohida e’tibor qaratish, loyiha hujjatlarida nazarda tutilgan barcha ishlarni to‘liq va sifatli amalga oshirish zarurligi ta’kidlandi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 5