35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ОЛИС ҲУДУД МАКТАБИДА ҚЎШАЛОҚ БАЙРАМ
янв.21
БИЛИМЛАР КУНИ — ЯНГИ МАҚСАДЛАР ВА ЯНГИ ИМКОНИЯТЛАР ИБТИДОСИ
янв.21
ҲУРРИЯТ МАҲАЛЛАСИДАГИ МУАММОЛАР ВА ОБОДОНЛАШТИРИШ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
УРУШ ҚАТНАШЧИСИГА КЎКРАК НИШОНИ ТОПШИРИЛДИ
янв.21
СОҲИЛ МАҲАЛЛАСИДАГИ БУНЁДКОРЛИК ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ АМАЛИЙ НАТИЖА БЕРДИ
янв.21
«НУРАФШОН» МАҲАЛЛАСИДА ЗАМОНАВИЙ БИНО ФОЙДАЛАНИШГА ТОПШИРИЛДИ
янв.21
2027 ЙИЛ ҲОСИЛИ УЧУН КУЗГИ ДОН ЭКИНЛАРИНИ ЭКИШ БЎЙИЧА СЕМИНАР ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТЛАР «МУСТАҚИЛЛИКНИНГ 35 ЙИЛЛИГИ» КЎКРАК НИШОНИ БИЛАН ТАҚДИРЛАНДИЛАР
янв.21
ЁШЛАР ЕТАКЧИСИ ФАОЛИЯТИДА ҚОНУН ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
“OCHIQ BUDJET”DA OVOZ YETARLI BO‘LMAGAN MUAMMOLAR HAM E’TIBORDAN CHETDA EMAS

Hududlarda aholi tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, fuqarolarni budjet mablag‘larini yo‘naltirish jarayoniga faol jalb etish hamda ijtimoiy ahamiyatga ega muammolarni bosqichma-bosqich hal etishda “Ochiq budjet” tizimi muhim mexanizmga aylanib bormoqda.
Shu bilan birga, tanlov jarayonida yetarli ovoz to‘play olmagan, biroq aholi uchun dolzarb bo‘lgan obyekt va muammolarni ham joyiga chiqqan holda o‘rganish, ularning holatiga huquqiy va amaliy baho berish deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

Navbatdagi o‘rganish Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kotibiyat mudiri A.Ermatov, doimiy komissiya raisi A.Mahkamov, kotibiyat bosh mutaxassisi Z.Yakubova hamda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari N.Tilavoldiyev va M.Salimova ishtirokida o‘tkazildi.

O‘rganish davomida “Ochiq budjet”ning 2026-yil ikkinchi mavsumida yetarli ovoz to‘play olmagan 17-Navro‘z saylov okrugidagi Yangiobod mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan 27-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotining mavjud holati ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish jarayonida maktabgacha ta’lim tashkilotining moddiy-texnik holati, mavjud sharoitlar, binoning saqlanish darajasi, tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan imkoniyatlar hamda aniqlangan muammolar atroflicha o‘rganildi.

Zero, “Ochiq budjet” jarayonida ovoz yetarli bo‘lmagan har bir loyiha ortida ham muayyan hudud aholisi uchun muhim bo‘lgan ehtiyoj turadi. Shu bois bunday obyektlarni o‘rganish va ularning muammolariga amaliy yechim izlash — xalq vakillari zimmasidagi muhim vazifalardan biridir.

Slide 1 of 4