Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
МАКТАБЛАРНИНГ КУЗ-ҚИШ МАВСУМИГА ТАЙЁРГАРЛИГИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ТАДБИРКОРЛИК РИВОЖИ — ЯНГИ ИШ ЎРИНЛАРИ УЧУН МУҲИМ ОМИЛ
янв.21
ХОНАДОНБАЙ ИШЛАШ — БАРҚАРОР ДАРОМАД САРИ МУҲИМ ҚАДАМ
янв.21
ДЕПУТАТГА БИРИКТИРИЛГАН ҚОНУН ҲУЖЖАТЛАРИ ВА ТАШКИЛОТЛАР
янв.21
АҲОЛИ МУРОЖААТИ ЮЗАСИДАН ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ ЮБОРИЛДИ
янв.21
КАМБАҒАЛЛИКДАН ЧИҚАРИШДА МАНЗИЛЛИ ВА ХОНАДОНБАЙ ЁНДАШУВ
янв.21
ЯНГИ КЎПРИК ҚУРИЛИШИ: СИФАТ ВА АҲОЛИ МУРОЖААТЛАРИ ЭЪТИБОРДА
янв.21
ДЕПУТАТЛИК ФАОЛИЯТИ ВА ОДОБ-АХЛОҚ МАСАЛАЛАРИ МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ЁШЛАР ЗИЁ МАСКАНИ» ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ — ЭЪТИБОР МАРКАЗИДА
“SIYOSATCHI AYOLLAR KLUBI”: FAOLIYAT SARHISOBI VA YANGI VAZIFALAR

O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Andijon viloyati Kengashi tomonidan “Siyosatchi ayollar klubi”ning 2026-yil birinchi yarim yillik faoliyati yakunlariga bag‘ishlangan hisobot yig‘ilishi o‘tkazildi.

Yig‘ilish davomida klubning yarim yillik faoliyati sarhisob qilinib, amalga oshirilgan ishlar, erishilgan natijalar hamda kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar muhokama qilindi.

Tadbirda Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati Dildora Rahmatullayeva ishtirok etib, so‘zga chiqdi.

Deputat o‘z nutqida xotin-qizlarning jamiyatdagi ijtimoiy-siyosiy faolligini yanada oshirish, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda siyosiy jarayonlarda faol ishtirokini ta’minlash muhimligini ta’kidladi.

Yig‘ilish yakunida “Siyosatchi ayollar klubi” faoliyatini yanada rivojlantirish, xotin-qizlarning siyosiy faolligini oshirish va yangi tashabbuslarni ilgari surish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab olindi.

Slide 1 of 2