Deputatlar saylovchilar bilan uchrashdi.
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi deputati Abusamad Bakiyev tumanidagi “Bahoriston” mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Unda fuqarolarni qiynab kelayotgan muammolar turli muammoli masalalar o‘rganilib, ularni hal etish yuzasidan tegishli tashkilotlarga topshiriqlar berildi. Deputatlar tomonidan mazkur uchrashuvda nogironligi bo‘lgan fuqaroga Ijtimoiy himoya agentligi tomonidan amaliy yordam berilish choralari ko‘rildi.
Shundan so‘ng, mahallada aholi uchun yaratilgan imkoniyatlar ko‘zdan kechirildi.