35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ДЕПУТАТЛАР «МУСТАҚИЛЛИКНИНГ 35 ЙИЛЛИГИ» КЎКРАК НИШОНИ БИЛАН ТАҚДИРЛАНДИЛАР
янв.21
ЁШЛАР ЕТАКЧИСИ ФАОЛИЯТИДА ҚОНУН ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
«ФАРЗАНДИНГИЗГА ВАҚТ АЖРАТИНГ!» АКЦИЯСИ АМАЛДА
янв.21
МУАММОЛАР «ҚАЙД ЭТИШ ДАФТАРИ»ГА КИРИТИЛДИ
янв.21
МЕН — ЎЗБЕКИСТОНЛИКМАН!
янв.21
Янгиқўрғон туманидаги маҳаллий йўлларни таъмирлаш масаласи юзасидан депутатлик сўрови юборилди
янв.21
МУСИҚА МАКТАБИДАГИ МУАММОЛАР ДЕПУТАТ ЭЪТИБОРИДА
янв.21
ОЗИҚ-ОВҚАТ ХАВФСИЗЛИГИ ВА ЭКСПОРТ САЛОҲИЯТИ МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
Янгиқўрғон тумани маркази ва Обод маҳалласини боғловчи йўлда пиёдалар учун қулай ва хавфсиз йўлак барпо этилмоқда
янв.21
ҚОРАПОЛВОН ЗИЁРАТГОҲИ ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
#munosabat

️2026-yil 1-sentabrdan byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi hamda stipendiyalar miqdorining 7 foizga oshirilishi aholining daromadlarini ko‘paytirish va ijtimoiy himoyasini yanada kuchaytirishga xizmat qiladigan muhim qadamdir.
⚡️Shuningdek, mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori oyiga 1 million 360 ming so‘m, bazaviy hisoblash miqdorining esa 440 ming so‘m etib belgilanishi fuqarolarning mehnatiga munosib haq to‘lash, ijtimoiy to‘lovlar va boshqa hisob-kitoblarda barqarorlikni ta’minlashda muhim ahamiyatga ega.
⚡️Deputat sifatida ta’kidlamoqchimanki, bunday chora-tadbirlar, avvalo, inson manfaatlarini ta’minlash, oilalar farovonligini oshirish va aholining real daromadlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. Ayniqsa, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va boshqa ijtimoiy sohalarda faoliyat yuritayotgan byudjet tashkilotlari xodimlari uchun bu yangilik munosib rag‘bat bo‘lib xizmat qiladi.
⚡️Kelgusida ham aholi daromadlarini oshirish, ijtimoiy himoyani kuchaytirish va fuqarolar uchun munosib turmush sharoitlarini yaratishga qaratilgan islohotlarni izchil davom ettirish muhimdir.

Sanjar Qaxxorov, Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati