35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Янгиқўрғон тумани маркази ва Обод маҳалласини боғловчи йўлда пиёдалар учун қулай ва хавфсиз йўлак барпо этилмоқда
янв.21
ҚОРАПОЛВОН ЗИЁРАТГОҲИ ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
Тиллатепа маҳалласида 3,2 километр ички йўл асфальтланди
янв.21
Тиллатепа маҳалласида электр таъминотини яхшилаш бўйича ишлар жадал давом этмоқда
янв.21
КУТУБХОНА ФАОЛИЯТИ ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ ТАРТИБИДА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
Қораполвон ва Радивон маҳаллаларини боғловчи кўприк қурилиши: ишларнинг бориши ва мавжуд масалалар ўрганилди
янв.21
ҚОРАПОЛВОН МФЙДА ТИББИЙ ХИЗМАТ СИФАТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ ТАШКИЛОТИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДАВЛАТ ХИЗМАТЛАРИ ФИЛИАЛИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
Янгиқўрғон туманида доимий комиссиялар қарорлари лойиҳаларини тайёрлаш бўйича амалий семинар ўтказилди
Obod mahalla sari amaliy qadamlar

Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan mamlakatimiz boʻylab oʻtkazilayotgan “Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi” doirasida keng koʻlamli amaliy ishlar izchil davom etmoqda.

Mazkur tadbirlar ijrosini taʼminlash maqsadida Xalq deputatlari tuman Kengashiga O`zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat U.Raximjonov mahalla raisi, mahalla “ettiligi” aʼzolari hamda koʻcha boshilari bilan birgalikda xonadonma-xonadon yurib, aholi bandligi, ijtimoiy holati va mavjud muammolarni oʻrgandi.

Oʻrganishlar davomida mahalladagi maishiy chiqindilarni oʻz vaqtida olib chiqish masalasi ham muhokama qilinib, ushbu muammoni bartaraf etish yuzasidan tegishli masʼullarga deputatlik soʻrovi yuborilishi belgilandi.

🤝 Xalq bilan muloqot, mahalla bilan hamjihatlik va amaliy saʼy-harakatlar — obod va farovon mahalla sari muhim qadamdir.

Slide 1 of 4