35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ДЕПУТАТЛАР «МУСТАҚИЛЛИКНИНГ 35 ЙИЛЛИГИ» КЎКРАК НИШОНИ БИЛАН ТАҚДИРЛАНДИЛАР
янв.21
ЁШЛАР ЕТАКЧИСИ ФАОЛИЯТИДА ҚОНУН ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
«ФАРЗАНДИНГИЗГА ВАҚТ АЖРАТИНГ!» АКЦИЯСИ АМАЛДА
янв.21
МУАММОЛАР «ҚАЙД ЭТИШ ДАФТАРИ»ГА КИРИТИЛДИ
янв.21
МЕН — ЎЗБЕКИСТОНЛИКМАН!
янв.21
Янгиқўрғон туманидаги маҳаллий йўлларни таъмирлаш масаласи юзасидан депутатлик сўрови юборилди
янв.21
МУСИҚА МАКТАБИДАГИ МУАММОЛАР ДЕПУТАТ ЭЪТИБОРИДА
янв.21
ОЗИҚ-ОВҚАТ ХАВФСИЗЛИГИ ВА ЭКСПОРТ САЛОҲИЯТИ МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
Янгиқўрғон тумани маркази ва Обод маҳалласини боғловчи йўлда пиёдалар учун қулай ва хавфсиз йўлак барпо этилмоқда
янв.21
ҚОРАПОЛВОН ЗИЁРАТГОҲИ ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Nosirov tomonidan “Isfara guzari” MFYda hokim yordamchisi D.Sherquziyevning faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida mahalla hududida aholi bandligini ta’minlash, fuqarolarni tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish hamda ularni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi.

Jumladan, fuqaro A.Xamidovga tadbirkorlik faoliyatini boshlash va umumiy ovqatlanish shoxobchasi tashkil etish uchun 10 million so‘m miqdorida kredit mablag‘lari ajratilgani ma’lum bo‘ldi.

Hozirgi kunda fuqaro A.Xamidov tomonidan mazkur kredit mablag‘laridan samarali foydalanib, o‘z tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘ygani va umumiy ovqatlanish shoxobchasini rivojlantirish maqsadida foydanilayotgani qayd etildi.

O‘rganish jarayonida hokim yordamchisi tomonidan aholini tadbirkorlikka jalb etish, ularning biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish borasidagi ishlarni izchil davom ettirish muhimligi ta’kidlandi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 2