35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ДЕПУТАТЛАР «МУСТАҚИЛЛИКНИНГ 35 ЙИЛЛИГИ» КЎКРАК НИШОНИ БИЛАН ТАҚДИРЛАНДИЛАР
янв.21
ЁШЛАР ЕТАКЧИСИ ФАОЛИЯТИДА ҚОНУН ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
«ФАРЗАНДИНГИЗГА ВАҚТ АЖРАТИНГ!» АКЦИЯСИ АМАЛДА
янв.21
МУАММОЛАР «ҚАЙД ЭТИШ ДАФТАРИ»ГА КИРИТИЛДИ
янв.21
МЕН — ЎЗБЕКИСТОНЛИКМАН!
янв.21
Янгиқўрғон туманидаги маҳаллий йўлларни таъмирлаш масаласи юзасидан депутатлик сўрови юборилди
янв.21
МУСИҚА МАКТАБИДАГИ МУАММОЛАР ДЕПУТАТ ЭЪТИБОРИДА
янв.21
ОЗИҚ-ОВҚАТ ХАВФСИЗЛИГИ ВА ЭКСПОРТ САЛОҲИЯТИ МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
Янгиқўрғон тумани маркази ва Обод маҳалласини боғловчи йўлда пиёдалар учун қулай ва хавфсиз йўлак барпо этилмоқда
янв.21
ҚОРАПОЛВОН ЗИЁРАТГОҲИ ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
Qonun targ‘iboti o‘tkazildi.

Qonun targ‘iboti o‘tkazildi.

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi 18-Yangi turmush saylov okrugi deputati Yuldosheva Sevara tomonidan fuqarolar o‘rtasida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash, yo‘l harakati ishtirokchilarining huquq va majburiyatlarini tushuntirishga qaratilgan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasining “Yo‘l harakati to‘g‘risida”gi Qonuni, 2024-yil 19-yanvardagi O‘RQ-900-son Qonunining mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida batafsil ma’lumot berildi.

Xususan, yo‘l harakati ishtirokchilarining belgilangan qoidalarga qat’iy rioya qilishi, piyodalar va haydovchilarning o‘zaro hurmati, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash hamda yo‘l-transport hodisalarining oldini olish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, fuqarolarga yo‘l harakati qoidalariga amal qilish nafaqat qonuniy talab, balki inson hayoti va salomatligini asrashning muhim sharti ekanligi tushuntirildi.

Targ‘ibot tadbiri yakunida ishtirokchilarni yo‘l harakati qoidalariga mas’uliyat bilan yondashish, belgilangan tartiblarga rioya qilish va jamoat xavfsizligini ta’minlashga munosib hissa qo‘shishga chaqirildi.

Slide 1 of 1