35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ДЕПУТАТЛАР «МУСТАҚИЛЛИКНИНГ 35 ЙИЛЛИГИ» КЎКРАК НИШОНИ БИЛАН ТАҚДИРЛАНДИЛАР
янв.21
ЁШЛАР ЕТАКЧИСИ ФАОЛИЯТИДА ҚОНУН ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
«ФАРЗАНДИНГИЗГА ВАҚТ АЖРАТИНГ!» АКЦИЯСИ АМАЛДА
янв.21
МУАММОЛАР «ҚАЙД ЭТИШ ДАФТАРИ»ГА КИРИТИЛДИ
янв.21
МЕН — ЎЗБЕКИСТОНЛИКМАН!
янв.21
Янгиқўрғон туманидаги маҳаллий йўлларни таъмирлаш масаласи юзасидан депутатлик сўрови юборилди
янв.21
МУСИҚА МАКТАБИДАГИ МУАММОЛАР ДЕПУТАТ ЭЪТИБОРИДА
янв.21
ОЗИҚ-ОВҚАТ ХАВФСИЗЛИГИ ВА ЭКСПОРТ САЛОҲИЯТИ МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
Янгиқўрғон тумани маркази ва Обод маҳалласини боғловчи йўлда пиёдалар учун қулай ва хавфсиз йўлак барпо этилмоқда
янв.21
ҚОРАПОЛВОН ЗИЁРАТГОҲИ ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
“Yangi O‘zbekiston qiyofasi” kasb etayotgan "Qarsoqli" mahallasida aholi uchun qulaylik yaratish ishlari olib borilmoqda

Mazkur mahalla O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 10-sentabrdagi PQ-298-son qarori asosida “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi” mahallalar ro‘yxatiga kiritilgan. Hudud infratuzilmasini yaxshilash, aholi uchun qulay va munosib turmush sharoitlarini yaratish maqsadida mahallada keng ko‘lamli qurilish-ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.
Loyiha doirasida:
7 kilometr ichki yo‘llarni asfaltlash;
1 kilometr piyodalar yo‘lagini barpo etish;
24 dona zamonaviy tungi yoritish chiroqlarini o‘rnatish;
elektr energiyasi ta’minotini yaxshilash maqsadida 150 dona beton ustun o‘rnatish;
6 kilometr yopiq elektr kabel tarmog‘ini tortish;
ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash maqsadida 1 kilometr ichimlik suvi tarmog‘ini barpo etish rejalashtirilgan.
Ayni paytda tasdiqlangan reja asosida ishlar izchil davom ettirilmoqda. Xususan, 0,7 kilometr ichimlik suvi tarmog‘i tortib bo‘lindi. Shuningdek, elektr energiyasi ta’minotini yaxshilash yuzasidan yangi beton ustunlar o‘rnatilmoqda hamda mahalla ichki ko‘chalariga asfalt yotqizish ishlari amalga oshirilmoqda.
Amalga oshirilayotgan mazkur loyihalar, avvalo, aholining kundalik turmush sharoitini yaxshilash, muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish va hududni zamonaviy qiyofaga keltirishga qaratilgan.
“Qarsoqli” mahallasida olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari yakuniga yetkazilishi natijasida hudud infratuzilmasi yanada yaxshilanib, aholiga qulay va munosib yashash sharoitlari yaratiladi.

Xoshimov O‘tkir Murodullaevich
Xalq deputatlari Qumqo’rg’on tuman Kengashi raisi

Slide 1 of 2