35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ДЕПУТАТЛАР «МУСТАҚИЛЛИКНИНГ 35 ЙИЛЛИГИ» КЎКРАК НИШОНИ БИЛАН ТАҚДИРЛАНДИЛАР
янв.21
ЁШЛАР ЕТАКЧИСИ ФАОЛИЯТИДА ҚОНУН ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
«ФАРЗАНДИНГИЗГА ВАҚТ АЖРАТИНГ!» АКЦИЯСИ АМАЛДА
янв.21
МУАММОЛАР «ҚАЙД ЭТИШ ДАФТАРИ»ГА КИРИТИЛДИ
янв.21
МЕН — ЎЗБЕКИСТОНЛИКМАН!
янв.21
Янгиқўрғон туманидаги маҳаллий йўлларни таъмирлаш масаласи юзасидан депутатлик сўрови юборилди
янв.21
МУСИҚА МАКТАБИДАГИ МУАММОЛАР ДЕПУТАТ ЭЪТИБОРИДА
янв.21
ОЗИҚ-ОВҚАТ ХАВФСИЗЛИГИ ВА ЭКСПОРТ САЛОҲИЯТИ МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
Янгиқўрғон тумани маркази ва Обод маҳалласини боғловчи йўлда пиёдалар учун қулай ва хавфсиз йўлак барпо этилмоқда
янв.21
ҚОРАПОЛВОН ЗИЁРАТГОҲИ ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
“Yangiobod” mahallasida obodonlashtirish ishlari o‘rganildi

Mazkur jarayonlar doirasida xalq deputatlari Qumqo‘rg‘on tumani Kengashi deputati Eshmamat Ergashev o‘z saylov okrugidagi “Yangiobod” mahallasida tuman Kengashi Kotibiyati bosh mutaxassisi T. Gulmatov bilan birgalikda obodonlashtirish ishlarining borishini joyida o‘rgandi.
O‘rganish davomida mahallaning sanitariya holati, ichki ko‘chalarning obodonchiligi, yo‘l yoqalari va ariq-zovurlarni tozalash, daraxtlarni oqlash hamda shakl berish, hududlarni ko‘kalamzorlashtirish kabi yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, ichimlik suvi ta’minoti, tungi yoritish tizimi, maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish, ijtimoiy soha obyektlari, qabristonlar va jamoat maskanlarining holati ham atroflicha ko‘zdan kechirildi.
Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, hududlarni bayramga munosib tarzda obod qilish hamda ishlarning sifatli va o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
Obod mahalla — farovon hayot va aholi kayfiyatining muhim omilidir.

Slide 1 of 2