35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ДЕПУТАТЛАР «МУСТАҚИЛЛИКНИНГ 35 ЙИЛЛИГИ» КЎКРАК НИШОНИ БИЛАН ТАҚДИРЛАНДИЛАР
янв.21
ЁШЛАР ЕТАКЧИСИ ФАОЛИЯТИДА ҚОНУН ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
«ФАРЗАНДИНГИЗГА ВАҚТ АЖРАТИНГ!» АКЦИЯСИ АМАЛДА
янв.21
МУАММОЛАР «ҚАЙД ЭТИШ ДАФТАРИ»ГА КИРИТИЛДИ
янв.21
МЕН — ЎЗБЕКИСТОНЛИКМАН!
янв.21
Янгиқўрғон туманидаги маҳаллий йўлларни таъмирлаш масаласи юзасидан депутатлик сўрови юборилди
янв.21
МУСИҚА МАКТАБИДАГИ МУАММОЛАР ДЕПУТАТ ЭЪТИБОРИДА
янв.21
ОЗИҚ-ОВҚАТ ХАВФСИЗЛИГИ ВА ЭКСПОРТ САЛОҲИЯТИ МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
Янгиқўрғон тумани маркази ва Обод маҳалласини боғловчи йўлда пиёдалар учун қулай ва хавфсиз йўлак барпо этилмоқда
янв.21
ҚОРАПОЛВОН ЗИЁРАТГОҲИ ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
XALQ DEPUTATLARI UCHQUDUQ TUMANI KENGASHI

Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi M.Muhammadiyev tomonidan tuman bosh arxitektori X.Jo‘rayev, tuman Kadastr agentligi hamda tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi mas’ullari bilan hamkorlikda tuman dehqon bozorida texnik va yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etilishi holati o‘rganildi.

🔹 O‘rganishdan asosiy maqsad — bozor hududida aholi va tadbirkorlar uchun xavfsiz sharoitlar yaratilganligini, bino va inshootlarning amaldagi xavfsizlik talablariga muvofiqligini hamda texnik xavfsizlik qoidalariga rioya etilishini aniqlashdan iborat bo‘ldi.

🔹 O‘rganish davomida savdo shoxobchalari, bino va inshootlarning texnik holati, hududdagi xavfsizlik choralari, fuqarolar va bozor xodimlari uchun yaratilgan sharoitlar, shuningdek, favqulodda vaziyatlarning oldini olishga qaratilgan talablarning bajarilishi ko‘zdan kechirildi.

🔹 Shuningdek, bozor hududidan aholining xavfsiz va erkin harakatlanishi, tegishli xavfsizlik talablariga rioya etilishi hamda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish jarayonida aniqlangan holatlar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda kelgusida bunday holatlarning oldini olish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rish belgilandi.

📌 Xalq deputatlari tuman Kengashi tomonidan aholi xavfsizligini ta’minlash, jamoat joylarida zarur shart-sharoitlarni yaratish va qonunchilik talablarining ijrosini ta’minlash yuzasidan deputatlik nazorati tadbirlari izchil davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 4