35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ДЕПУТАТЛАР «МУСТАҚИЛЛИКНИНГ 35 ЙИЛЛИГИ» КЎКРАК НИШОНИ БИЛАН ТАҚДИРЛАНДИЛАР
янв.21
ЁШЛАР ЕТАКЧИСИ ФАОЛИЯТИДА ҚОНУН ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
«ФАРЗАНДИНГИЗГА ВАҚТ АЖРАТИНГ!» АКЦИЯСИ АМАЛДА
янв.21
МУАММОЛАР «ҚАЙД ЭТИШ ДАФТАРИ»ГА КИРИТИЛДИ
янв.21
МЕН — ЎЗБЕКИСТОНЛИКМАН!
янв.21
Янгиқўрғон туманидаги маҳаллий йўлларни таъмирлаш масаласи юзасидан депутатлик сўрови юборилди
янв.21
МУСИҚА МАКТАБИДАГИ МУАММОЛАР ДЕПУТАТ ЭЪТИБОРИДА
янв.21
ОЗИҚ-ОВҚАТ ХАВФСИЗЛИГИ ВА ЭКСПОРТ САЛОҲИЯТИ МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
Янгиқўрғон тумани маркази ва Обод маҳалласини боғловчи йўлда пиёдалар учун қулай ва хавфсиз йўлак барпо этилмоқда
янв.21
ҚОРАПОЛВОН ЗИЁРАТГОҲИ ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
Yangi asr mahallasida yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi

#yoshlar_bilan_uchrashuv
Yangi asr mahallasida yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi

Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi deputati Dilshodjon Karimov tomonidan Yangi asr mahallasida yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar, muammo va takliflari yuzasidan deputatga murojaat qildilar. Murojaatlar tinglanib, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning tashabbuslarini rag‘batlantirish hamda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek, deputat tomonidan yoshlarga faollik ko‘rsatish, tengdoshlariga o‘rnak bo‘lish va jamiyat hayotida faol ishtirok etish muhimligi ta’kidlandi.
Uchrashuvda faol va tashabbuskor yoshlar tuman Kengashi huzurida tashkil etilgan Yoshlar maslahat guruhiga a’zo bo‘lishlari mumkinligi haqida ma’lumot berildi. Mazkur guruh faoliyati orqali yoshlar tumanda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlarda bevosita ishtirok etish, o‘z taklif va tashabbuslarini ilgari surish imkoniyatiga ega bo‘lishlari qayd etildi.
Uchrashuv yakunida yoshlarning taklif va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda ular bilan muntazam muloqot olib borish bo‘yicha kelishib olindi.

Slide 1 of 1