35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
36-СОНЛИ МАКТАБНИНГ ЯНГИ ЎҚУВ ЙИЛИГА ТАЙЁРГАРЛИГИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЖИНОЯТЧИЛИКНИНГ ОЛДИНИ ОЛИШ БОРАСИДАГИ ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЁШЛАР БИЛАН ОЧИҚ МУЛОҚОТ ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
61-СОНЛИ МАКТАБДАГИ БУНЁДКОРЛИК ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
КЕКСАЛАР ВА НУРОНИЙЛАРНИ ҚЎЛЛАБ-ҚУВВАТЛАШ БЎЙИЧА ҚОНУН ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
19-СОНЛИ МАКТАБНИНГ ЯНГИ ЎҚУВ ЙИЛИГА ТАЙЁРГАРЛИГИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
АҲОЛИ МУАММОЛАРИ КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
НУРОНИЙЛАР ҲОЛИДАН ХАБАР ОЛИНМОҚДА
янв.21
ДЕПУТАТЛАР ИШТИРОКИДА «ТОЗА ҲАВО ОЙЛИГИ» ДОИРАСИДА НАЗОРАТ ТАДБИРИ ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
ЭҲТИЁЖМАНД ОИЛАЛАР ҲОЛИДАН ХАБАР ОЛИНДИ
O‘ZBEKISTONDA MUSTAQILLIKNING 35 YILLIK TARAQQIYOT YO‘LI MUHOKAMA QILINDI

Toshkent shahrida O‘zbekiston davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan “Mustaqil O‘zbekiston – 35 yillik taraqqiyot yo‘li: islohotlar, natijalar va istiqbollar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

👉Konferensiya Qonunchilik palatasi va Oliy Majlis Senati, Adliya vazirligi, Qonunchilik va huquqiy siyosat instituti hamda Islom sivilizatsiyasi markazi hamkorligida tashkil etildi.

👥Tadbirda parlament palatalari spikerlari, vazirlar, xalqaro ekspertlar va diplomatik korpus vakillari, jumladan, BMTning O‘zbekistondagi doimiy koordinatori Sabine Mahl ishtirok etdi.

📝Anjumanda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ijtimoiy-iqtisodiy va konstitutsiyaviy islohotlarning natijalari, parlament demokratiyasini rivojlantirish, qonunchilikni takomillashtirish hamda parlamentlararo hamkorlikni yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

🇺🇿Xalq deputatlari Kengashi deputati Varapayeva Natalya Viktorovna ham mazkur xalqaro konferensiyada ishtirok etib, mamlakatimiz taraqqiyotining yangi bosqichi, amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning jamiyat hayotidagi ahamiyati yuzasidan fikr almashdi.

🇺🇿Mustaqillik yillarida erishilgan yutuqlarni chuqur tahlil qilish va kelgusi taraqqiyot yo‘nalishlarini belgilash bunday nufuzli xalqaro muloqotlarning muhim ahamiyatini yanada oshiradi.

Bizni kuzatishda davom eting!

Slide 1 of 4