Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati A. Appakov tomonidan Qo‘shariq MFYda amaliy o‘rganish ishlari davom ettirilmoqda.
O‘rganish davomida mahalla hokim yordamchisi bilan suhbat o‘tkazilib, uning faoliyati, aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish hamda yangi ish o‘rinlarini yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.
Shuningdek, mahalladagi mavjud holat va dolzarb masalalar ko‘zdan kechirilib, ishlarni yanada samarali tashkil etish yuzasidan fikr almashildi.
Qo‘shariq MFYdagi amaliy o‘rganish ishlari davom etmoqda.