35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
МАКТАБДА ЯНГИ ЎҚУВ ЙИЛИГА ПУХТА ҲОЗИРЛИК КЎРИЛМОҚДА
янв.21
ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ АМАЛДА: КЎЧАЛАРГА ЁРИТИШ ЧИРОҚЛАРИ ЎРНАТИЛМОҚДА
янв.21
ЯНГИ ЎҚУВ ЙИЛИГА ТАЙЁРГАРЛИК ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
АҲОЛИ МУРОЖААТИ ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА: ИЧИМЛИК СУВИ МУАММОСИ БЎЙИЧА ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ ЮБОРИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ АМАЛДА: ШИФОКОРЛИК ПУНКТИДА ТАЪМИРЛАШ ИШЛАРИ БОШЛАНДИ
янв.21
МАҲАЛЛА ЕТТИЛИГИ ФАОЛИЯТИ ВА 209-СОНЛИ ФАРМОН ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ТАЪЛИМ СОҲАСИДАГИ НАТИЖАЛАР ВА УСТУВОР ВАЗИФАЛАР МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ФУҚАРОНИНГ УЙ-ЖОЙ МАСАЛАСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЯНГИ ЎҚУВ ЙИЛИГА ТАЙЁРГАРЛИК ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА
янв.21
МАДАНИЯТ МАРКАЗИ ФАОЛИЯТИ ҲУДУД ДЕПУТАТИ ИШТИРОКИДА ЎРГАНИЛДИ
Deputat va mahalla hamkorligi: hududdagi ishlar tahlil qilindi

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi kotibiyati mudiri, deputat A.Ashurov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi A.Temirovlar Kengashning 25-“Kokildorota” saylov okrugi deputati M.Sidiqova okrugiga qarashli "Alisher Navoiy" mahallasida bo‘ldilar.

Uchrashuv davomida mahalla raisi bilan birgalikda hududda olib borilayotgan ishlar, mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etish choralari muhokama qilindi.

Shuningdek, “24 ta muhim yo‘nalish” mezonlari asosida mahalla boshqaruvini samarali tashkil etish, aholi bilan ishlash va hududdagi masalalarni tizimli hal etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan fikr almashildi.

Suhbat davomida deputat M.Sidiqovaning faoliyati ham tahlil qilinib, saylovchilar bilan ishlash, murojaatlarni o‘rganish hamda hududdagi dolzarb masalalarni Kengash darajasida ko‘tarib chiqish borasidagi faoliyatiga e’tibor qaratildi.

Bunday uchrashuvlar deputat va mahalla hamkorligini yanada mustahkamlash, hududdagi muammolarni aniqlash hamda ularning amaliy yechimini ta’minlashga xizmat qiladi.