35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
МАКТАБДА ЯНГИ ЎҚУВ ЙИЛИГА ПУХТА ҲОЗИРЛИК КЎРИЛМОҚДА
янв.21
ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ АМАЛДА: КЎЧАЛАРГА ЁРИТИШ ЧИРОҚЛАРИ ЎРНАТИЛМОҚДА
янв.21
ЯНГИ ЎҚУВ ЙИЛИГА ТАЙЁРГАРЛИК ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
АҲОЛИ МУРОЖААТИ ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА: ИЧИМЛИК СУВИ МУАММОСИ БЎЙИЧА ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ ЮБОРИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ АМАЛДА: ШИФОКОРЛИК ПУНКТИДА ТАЪМИРЛАШ ИШЛАРИ БОШЛАНДИ
янв.21
МАҲАЛЛА ЕТТИЛИГИ ФАОЛИЯТИ ВА 209-СОНЛИ ФАРМОН ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ТАЪЛИМ СОҲАСИДАГИ НАТИЖАЛАР ВА УСТУВОР ВАЗИФАЛАР МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ФУҚАРОНИНГ УЙ-ЖОЙ МАСАЛАСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЯНГИ ЎҚУВ ЙИЛИГА ТАЙЁРГАРЛИК ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА
янв.21
МАДАНИЯТ МАРКАЗИ ФАОЛИЯТИ ҲУДУД ДЕПУТАТИ ИШТИРОКИДА ЎРГАНИЛДИ
Kengash_faoliyati

#deputat_okrugida #mahalla_yettiligi_bilan_hamkorlik
#deputat_foliyati #kotibiyat_xodimi_faoliyati

Bandixon tumanida deputatlik nazorati: "Bahoriston" mahallasida jamoat xavfsizligi masalalari muhokama qilindi

Bandixon tumanida mahallalar xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda "Mahalla yettiligi" tarkibidagi profilaktika inspektorlari faoliyati samaradorligini oshirish borasida deputatlik nazorati tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashiga 14-Bahoriston saylov okrugidan saylangan deputat S.Jumayev hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi B.Qurbonov "Bahoriston" mahallasida bo‘lib, mahallaga biriktirilgan Profilaktika inspektorining faoliyati bilan tanishdilar.

O‘rganishlar davomida O‘zbekiston Respublikasining “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonunidan kelib chiquvchi vazifalar ijrosi, jinoyatchilik holati tahlili, kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish hamda aholi osoyishtaligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha ko‘rib chiqildi.

Yakunda soha mas’uliga mahalla faollari bilan birgalikda profilaktik chora-tadbirlarni yanada kuchaytirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 2