35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
МАКТАБДА ЯНГИ ЎҚУВ ЙИЛИГА ПУХТА ҲОЗИРЛИК КЎРИЛМОҚДА
янв.21
ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ АМАЛДА: КЎЧАЛАРГА ЁРИТИШ ЧИРОҚЛАРИ ЎРНАТИЛМОҚДА
янв.21
ЯНГИ ЎҚУВ ЙИЛИГА ТАЙЁРГАРЛИК ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
АҲОЛИ МУРОЖААТИ ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА: ИЧИМЛИК СУВИ МУАММОСИ БЎЙИЧА ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ ЮБОРИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ АМАЛДА: ШИФОКОРЛИК ПУНКТИДА ТАЪМИРЛАШ ИШЛАРИ БОШЛАНДИ
янв.21
МАҲАЛЛА ЕТТИЛИГИ ФАОЛИЯТИ ВА 209-СОНЛИ ФАРМОН ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ТАЪЛИМ СОҲАСИДАГИ НАТИЖАЛАР ВА УСТУВОР ВАЗИФАЛАР МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ФУҚАРОНИНГ УЙ-ЖОЙ МАСАЛАСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЯНГИ ЎҚУВ ЙИЛИГА ТАЙЁРГАРЛИК ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА
янв.21
МАДАНИЯТ МАРКАЗИ ФАОЛИЯТИ ҲУДУД ДЕПУТАТИ ИШТИРОКИДА ЎРГАНИЛДИ
XORIJDА BO‘LGAN FUQAROLAR BILAN MULOQOT
 XORIJDА BO‘LGAN FUQAROLAR BILAN MULOQOT

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Hasanova Gulshan Zokirovna 13-Umid saylov okrugi hududidagi Ma’rifat mahallasida xorijga chiqib ketgan fuqarolar bilan suhbatlashib, ularning muammo va takliflarini o‘rgandi.

🤝 Suhbat davomida fuqarolarning xorijda bo‘lishi va mehnat faoliyati bilan bog‘liq masalalari, ularni qiynayotgan muammolar hamda mavjud ehtiyojlar o‘rganildi. Fuqarolarning murojaatlari tinglanib, masalalarni qonuniy asosda hal etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

⚖️ O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 13-martdagi O‘RQ-610-son “Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi Qonunida fuqarolar va ularning yashash joyi bilan bog‘liq ma’lumotlarni hisobga olish masalalari huquqiy jihatdan tartibga solingan.

📌 Shu nuqtayi nazardan, chet elda bo‘lgan fuqarolar bilan muntazam muloqot qilish, ularning ijtimoiy holatini o‘rganish, murojaat va muammolarini aniqlash hamda zarur hollarda tegishli tashkilotlarga yo‘naltirish muhim ahamiyatga ega.

💬 Uchrashuv davomida fuqarolarning fikr va takliflari tinglandi. Ularni qiynayotgan masalalarni o‘rganish, huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda mavjud muammolarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish zarurligi ta’kidlandi.

🏡 Aholi bilan bevosita muloqot qilish, ularning muammolarini joyida o‘rganish va fuqarolarning manfaatlarini himoya qilish deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

✨ Har bir fuqaroning muammosi — e’tiborda, uning huquq va manfaatlari — himoyada!

🏛 Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi kotibiyati
Slide 1 of 1