35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
МАКТАБДА ЯНГИ ЎҚУВ ЙИЛИГА ПУХТА ҲОЗИРЛИК КЎРИЛМОҚДА
янв.21
ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ АМАЛДА: КЎЧАЛАРГА ЁРИТИШ ЧИРОҚЛАРИ ЎРНАТИЛМОҚДА
янв.21
ЯНГИ ЎҚУВ ЙИЛИГА ТАЙЁРГАРЛИК ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
АҲОЛИ МУРОЖААТИ ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА: ИЧИМЛИК СУВИ МУАММОСИ БЎЙИЧА ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ ЮБОРИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ АМАЛДА: ШИФОКОРЛИК ПУНКТИДА ТАЪМИРЛАШ ИШЛАРИ БОШЛАНДИ
янв.21
МАҲАЛЛА ЕТТИЛИГИ ФАОЛИЯТИ ВА 209-СОНЛИ ФАРМОН ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ТАЪЛИМ СОҲАСИДАГИ НАТИЖАЛАР ВА УСТУВОР ВАЗИФАЛАР МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ФУҚАРОНИНГ УЙ-ЖОЙ МАСАЛАСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЯНГИ ЎҚУВ ЙИЛИГА ТАЙЁРГАРЛИК ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА
янв.21
МАДАНИЯТ МАРКАЗИ ФАОЛИЯТИ ҲУДУД ДЕПУТАТИ ИШТИРОКИДА ЎРГАНИЛДИ
YOSHLAR UCHUN YARATILGAN IMKONIYATLAR O‘RGANILDI

YOSHLAR UCHUN YARATILGAN IMKONIYATLAR O‘RGANILDI

Yoshlarning ta’lim olishi, bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishi va zamonaviy bilimlarni egallashi uchun yaratilgan shart-sharoitlarni o‘rganish maqsadida Xalq deputatlari Termiz tumani Kengashi qoshidagi Yoshlar maslahat guruhi a’zosi N. Normurodov hamda Kengash deputati, kotibiyati xodimi K. Abdullayeva tomonidan tuman Yoshlar markazi faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida markazda yoshlar uchun tashkil etilgan ingliz tili, matemateka fanlari mashg‘ulotlari, ta’lim jarayonining tashkil etilishi hamda yoshlarning darslarga qamrovi va qiziqishi bilan yaqindan tanishildi.

Shuningdek, markaz kutubxonasidagi kitob fondi, mavjud adabiyotlar va yoshlarning ulardan foydalanish imkoniyatlari ham ko‘zdan kechirildi.

Muloqot davomida yoshlarning xorijiy tillarni o‘rganishi, bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirishi, kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha fikrlar almashildi.

O‘rganish yakunida yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlardan samarali foydalanish, mavjud sharoitlarni yanada takomillashtirish va yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash masalalariga e’tibor qaratildi.

Yoshlar — mamlakat kelajagi. Ular uchun yaratilgan har bir imkoniyat kelajak taraqqiyotiga xizmat qiladi!

Slide 1 of 4