35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
МАКТАБДА ЯНГИ ЎҚУВ ЙИЛИГА ПУХТА ҲОЗИРЛИК КЎРИЛМОҚДА
янв.21
ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ АМАЛДА: КЎЧАЛАРГА ЁРИТИШ ЧИРОҚЛАРИ ЎРНАТИЛМОҚДА
янв.21
ЯНГИ ЎҚУВ ЙИЛИГА ТАЙЁРГАРЛИК ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
АҲОЛИ МУРОЖААТИ ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА: ИЧИМЛИК СУВИ МУАММОСИ БЎЙИЧА ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ ЮБОРИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ АМАЛДА: ШИФОКОРЛИК ПУНКТИДА ТАЪМИРЛАШ ИШЛАРИ БОШЛАНДИ
янв.21
МАҲАЛЛА ЕТТИЛИГИ ФАОЛИЯТИ ВА 209-СОНЛИ ФАРМОН ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ТАЪЛИМ СОҲАСИДАГИ НАТИЖАЛАР ВА УСТУВОР ВАЗИФАЛАР МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ФУҚАРОНИНГ УЙ-ЖОЙ МАСАЛАСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЯНГИ ЎҚУВ ЙИЛИГА ТАЙЁРГАРЛИК ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА
янв.21
МАДАНИЯТ МАРКАЗИ ФАОЛИЯТИ ҲУДУД ДЕПУТАТИ ИШТИРОКИДА ЎРГАНИЛДИ
2-Yangi Oʻzbekiston saylov okrugi deputati fuqarolar bilan uchrashdi

2-Yangi Oʻzbekiston saylov okrugi deputati fuqarolar bilan uchrashdi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi 2-Yangi Oʻzbekiston saylov okrugi deputati Oʻ. Omonov o‘zi saylangan Yangiobod MFY hududida istiqomat qiluvchi fuqarolar bilan navbatdagi uchrashuvni o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaat, taklif va muammolar tinglanib, ularning mazmun-mohiyati atroflicha o‘rganildi. Ko‘tarilgan masalalarni tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish yuzasidan zarur choralar belgilandi.

Shuningdek, uchrashuv yakunida deputat tomonidan 2026-yilning birinchi yarim yilligida deputatlik faoliyati doirasida amalga oshirilgan ishlar, ko‘rib chiqilgan murojaatlar hamda erishilgan natijalar yuzasidan fuqarolarga batafsil axborot taqdim etildi.

Bunday uchrashuvlar fuqarolar bilan ochiq muloqotni mustahkamlash, ularning murojaat va takliflarini o‘z vaqtida o‘rganish hamda hududdagi dolzarb masalalarni samarali hal etishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 6