35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
УЗУМЧИЛИК ВА ЛИМОНЧИЛИК — АҲОЛИ БАНДЛИГИ ВА ДАРОМАД МАНБАИ
янв.21
МАҲАЛЛАДА КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИШЛАР ДАВОМ ЭТМОҚДА
янв.21
ҚИШЛОҚ ИНФРАТУЗИЛМАСИНИ РИВОЖЛАНТИРИШ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
61-СОНЛИ МАКТАБДА ЯНГИ ЎҚУВ ЙИЛИГА ТАЙЁРГАРЛИК ВА «ТАШАББУСЛИ БЮДЖЕТ» ЛОЙИҲАСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ТРАНСФОРМАТОР ҚУВВАТИНИ ОШИРИШ БЎЙИЧА ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ ЮБОРИЛДИ
янв.21
АҲОЛИНИНГ ЭЛЕКТР ТАЪМИНОТИ БИЛАН БОҒЛИҚ МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ ТАШКИЛОТИ ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАМАЙ МАҲАЛЛАСИДА КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИШЛАР ДАВОМ ЭТМОҚДА
янв.21
ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ НАТИЖАСИДА МАКТАБ ҲУДУДИДАГИ ЙЎЛ АСФАЛЬТЛАНДИ
янв.21
ТАДБИРКОР МУРОЖААТИ ЖОЙИГА ЧИҚҚАН ҲОЛДА ЎРГАНИЛДИ
Termiz tuman hokimi, Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi 9-Namuna saylov okrugi deputati Sh. Kalandarov aholi bilan uyma-uy muloqot o'tkazdi

Termiz tuman hokimi, Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi 9-Namuna saylov okrugi deputati Sh. Kalandarov aholi bilan uyma-uy muloqot o'tkazdi

Termiz tuman hokimi, Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi 9-Namuna saylov okrugi deputati Sh. Kalandarov o‘zi saylangan hududda istiqomat qiluvchi fuqarolar holidan xabar olib, uyma-uy yurish orqali aholi bilan uchrashdi.

Mazkur o‘rganishlarda Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi raisi S. Nazarov hamda tuman Kengashi kotibiyati mutaxassisi K. Abdullayeva ham ishtirok etdi.

Muloqot davomida fuqarolarning murojaat va takliflari tinglanib, ularni qiynayotgan masalalar o‘rganildi. Shuningdek, xonadonlarda tomorqadan samarali foydalanish holati ham ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish jarayonida mazkur xonadon tomorqa yeridan unumli foydalanayotgani, yil davomida uch marotaba hosil olinayotgani alohida e'tirof etildi. Bundan tashqari, xonadon egasi motokultivator yordamida xizmatlar ko‘rsatib, qo‘shimcha daromad topayotgani ma'lum qilindi.

Shuningdek, tomorqada turli xil mevali daraxtlar parvarish qilinayotgani, ular mavsum davomida mo‘l hosil berib, oila ehtiyojini qoplayotgani hamda ortiqcha mahsulotni realizatsiya qilish orqali qo‘shimcha daromad olinayotgani ta'kidlandi.

Fuqaro tomonidan tomorqadan unumli foydalanish va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun yaratilayotgan imkoniyatlardan mamnun ekanligi bildirildi.

Uchrashuv yakunida fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlar nazoratga olinib, ularni hal etish yuzasidan tegishli mutasaddilarga topshiriqlar berildi.

Slide 1 of 6