Deputat so‘rov chiqarildi
Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tuman Kengashi deputati Oybibi Artiqova Qadriyat mahallasi Vatanparvar ko‘chasida istiqomat qiluvchi fuqarolarning murojaati yuzasidan “Xorazm elektr tarmoqlari” AJ Qo‘shko‘pir tumani elektr ta’minoti korxonasi boshlig‘i S.S. Yusupov nomiga deputatlik so‘rovi yo‘lladi.
Murojaatda Vatanparvar ko‘chasining 30-uydan 48-uygacha bo‘lgan xonadonlarda yashovchi fuqarolar tomonidan o‘z tomorqalarida o‘rnatilgan, hozirda eskirgan elektr simyog‘ochlarini bog‘ va tomorqalardan olib, elektr ta’minoti xavfsizligini ta’minlagan holda tegishli joyga yangidan o‘rnatib berishda amaliy yordam ko‘rsatish so‘ralgan.
Deputat Oybibi Artiqova fuqarolarning murojaatini o‘rganib, ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish, hududdagi mavjud muammolarni manzilli hal etish hamda aholi uchun xavfsiz va qulay sharoit yaratishga ko‘maklashish maqsadida deputatlik vakolatidan foydalandi.