35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
МАКТАБДА ЯНГИ ЎҚУВ ЙИЛИГА ПУХТА ҲОЗИРЛИК КЎРИЛМОҚДА
янв.21
ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ АМАЛДА: КЎЧАЛАРГА ЁРИТИШ ЧИРОҚЛАРИ ЎРНАТИЛМОҚДА
янв.21
ЯНГИ ЎҚУВ ЙИЛИГА ТАЙЁРГАРЛИК ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
АҲОЛИ МУРОЖААТИ ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА: ИЧИМЛИК СУВИ МУАММОСИ БЎЙИЧА ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ ЮБОРИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ АМАЛДА: ШИФОКОРЛИК ПУНКТИДА ТАЪМИРЛАШ ИШЛАРИ БОШЛАНДИ
янв.21
МАҲАЛЛА ЕТТИЛИГИ ФАОЛИЯТИ ВА 209-СОНЛИ ФАРМОН ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ТАЪЛИМ СОҲАСИДАГИ НАТИЖАЛАР ВА УСТУВОР ВАЗИФАЛАР МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ФУҚАРОНИНГ УЙ-ЖОЙ МАСАЛАСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЯНГИ ЎҚУВ ЙИЛИГА ТАЙЁРГАРЛИК ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА
янв.21
МАДАНИЯТ МАРКАЗИ ФАОЛИЯТИ ҲУДУД ДЕПУТАТИ ИШТИРОКИДА ЎРГАНИЛДИ
Maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi o‘rganildi

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan tumanda yoshlarga oid davlat siyosatining amalga oshirilishi, “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonun ijrosining ta’minlanishi, bitiruvchilarning oliy ta’lim muassasalariga kirish ko‘rsatkichlarining 2 yillik tahlili hamda ijtimoiy soha obyektlarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi masalalari yuzasidan hududlarda o‘rganishlar davom etmoqda.

🔎 Mazkur yo‘nalishlar doirasida xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati N.Dusmurodov tomonidan 33-umumta’lim maktabining faoliyati va yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida maktabdagi mavjud shart-sharoitlar, o‘quv xonalari, moddiy-texnik baza, sanitariya va obodonlashtirish ishlari, shuningdek, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatiga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, o‘quvchilarning ta’lim olishi uchun yaratilgan imkoniyatlar, yoshlar bilan ishlash samaradorligi hamda bitiruvchilarning oliy ta’lim muassasalariga kirish ko‘rsatkichlari yuzasidan tegishli ma’lumotlar o‘rganildi.

📌 Aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish va ta’lim sifatini yanada oshirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 1