35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Аҳоли мурожаати ўрганилди
янв.21
Таълим муассасаларидаги реконструкция ишлари ўрганилди
янв.21
ТОМОРҚА ВА ЧОРВАЧИЛИК — АҲОЛИ ДАРОМАДИНИ ОШИРИШНИНГ МУҲИМ МАНБАИ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
АҲОЛИ МУРОЖААТИ ИЖОБИЙ ҲАЛ ЭТИЛДИ
янв.21
«СОҲИЛ» МАҲАЛЛАСИДА АҲОЛИ УЧУН ЯНГИ ҚУЛАЙЛИКЛАР ЯРАТИЛМОҚДА
янв.21
КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИШЛАР ДАВОМ ЭТМОҚДА
янв.21
«ЎСИМЛИКЛАРНИ ҲИМОЯ ҚИЛИШ ТЎҒРИСИДА»ГИ ҚОНУН ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЁШЛАР БИЛАН ИШЛАШДА ЯНГИ ТИЗИМ: «1 ОЙ — 4 МАҲАЛЛА» ТАМОЙИЛИ
янв.21
ЁШЛАРНИ КАСБ-ҲУНАРГА ЎҚИТИШ МАРКАЗИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
Ochiq muloqot: deputatlar faoliyatini yanada samarali tashkil etish masalalari muhokama qilindi

 Muloqot davomida deputatlarning o‘z vakolat va vazifalarini samarali amalga oshirishi, saylov okruglarida aholi vakillari bilan muntazam uchrashuvlar tashkil etishi hamda
fuqarolar bilan bevosita muloqotni yanada kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
 

Shuningdek deputatlarga hududlarda o‘tkaziladigan uchrashuv va tadbirlarni tashkil etishda tashkiliy hamda texnik jihatdan ko‘mak ko‘rsatish, saylovchilar tomonidan bildirilayotgan muammolarni tizimli o‘rganish va ularning yechimini ta’minlashda partiya deputatlik guruhi faoliyatini yanada jonlantirish zarurligi ta’kidlandi. 

Muloqotda fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida qabul qilish, ularni tegishli tashkilot va idoralar bilan hamkorlikda ko‘rib chiqish hamda muammolarni ijobiy hal etish yuzasidan deputatlik nazorati mexanizmlaridan samarali foydalanish masalalari ham muhokama qilindi. 

Bundan tashqari, O‘zLiDePdan saylangan deputatlar faoliyatini o‘zaro muvofiqlashtirib borish, ular o‘rtasida tajriba almashinuvini yo‘lga qo‘yish, deputatlik faoliyatining natijadorligini oshirish hamda aholining qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasidagi ishlarni yanada kuchaytirish bo‘yicha fikr va takliflar bildirildi. 

Ochiq muloqot yakunida deputatlar va partiya tuzilmalari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, joylarda aholi bilan ishlash samaradorligini oshirish hamda fuqarolar
murojaatlariga amaliy yechim topishga qaratilgan ishlarni izchil davom ettirish bo‘yicha kelishib olindi.
 

  👇Bizni kuzatishda davom eting👇 

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashi  

Slide 1 of 3