35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Аҳоли мурожаати ўрганилди
янв.21
Таълим муассасаларидаги реконструкция ишлари ўрганилди
янв.21
ТОМОРҚА ВА ЧОРВАЧИЛИК — АҲОЛИ ДАРОМАДИНИ ОШИРИШНИНГ МУҲИМ МАНБАИ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
АҲОЛИ МУРОЖААТИ ИЖОБИЙ ҲАЛ ЭТИЛДИ
янв.21
«СОҲИЛ» МАҲАЛЛАСИДА АҲОЛИ УЧУН ЯНГИ ҚУЛАЙЛИКЛАР ЯРАТИЛМОҚДА
янв.21
КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИШЛАР ДАВОМ ЭТМОҚДА
янв.21
«ЎСИМЛИКЛАРНИ ҲИМОЯ ҚИЛИШ ТЎҒРИСИДА»ГИ ҚОНУН ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЁШЛАР БИЛАН ИШЛАШДА ЯНГИ ТИЗИМ: «1 ОЙ — 4 МАҲАЛЛА» ТАМОЙИЛИ
янв.21
ЁШЛАРНИ КАСБ-ҲУНАРГА ЎҚИТИШ МАРКАЗИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
Kengash_faoliyati
#haftalik_ish_reja_ijrosi
#doimiy_komissiya_faoliyati
#deputat_faoliyati
#kotibiyat_xodimi_faoliyati
#162_ta_Qonunlar_ijrosi

Budjet intizomi va nazorat: Bandixon tumani Iqtisodiyot va moliya bo‘limi faoliyati tahlil qilindi

Bandixon tumanida mahalliy budjet mablag‘larining shaffofligini ta’minlash, iqtisodiy islohotlar ijrosini nazorat qilish hamda davlat organlari faoliyatida ochiqlikni yuksaltirish deputatlar e’tiborida.

Xalq deputatlari tuman Kengashining MAHALLIY BYUDJET, TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH VA IQTISODIY ISLOHOTLAR BO‘YICHA DOIMIY KOMISSIYASI RAISI, deputat O.Ishpo'latov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi B.Qurbonov tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i birinchi o‘rinbosari I.Jonqobilov bilan suhbat olib bordilar.

Deputatlar va tuman tashkilotlari o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish, qonun hujjatlari ijrosini joylarda nazorat qilish hamda deputatlik nazoratini amaliy va samarali tashkil etish maqsadida o‘tkazilgan mazkur tadbirda quyidagi masalalar tahlil qilindi:

O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 26-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining Budjet kodeksini tasdiqlash to‘g‘risida”gi O‘RQ-360-sonli Qonuni doirasida amalga oshirilayotgan ishlar;

mahalliy budjet mablag‘larining to‘g‘ri shakllantirilishi va maqsadli sarflanishi atroflicha tahlil qilindi.

Budjet mablag‘laridan foydalanishda shaffoflikni ta’minlash, iqtisodiy islohotlarning hududdagi natijadorligini oshirish hamda moliya bo‘limi tomonidan amalga oshirilayotgan tahliliy ishlar ko‘rib chiqildi.

Mas'ullar moliya bo‘limi mas’ullariga budjet intizomiga qat'iy rioya etish, mablag‘larni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish uchun eng ustuvor loyihalarga yo‘naltirish hamda qonunchilik hujjatlariga so‘zsiz amal qilish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berdi.
Slide 1 of 5