35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Аҳоли мурожаати ўрганилди
янв.21
Таълим муассасаларидаги реконструкция ишлари ўрганилди
янв.21
ТОМОРҚА ВА ЧОРВАЧИЛИК — АҲОЛИ ДАРОМАДИНИ ОШИРИШНИНГ МУҲИМ МАНБАИ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
АҲОЛИ МУРОЖААТИ ИЖОБИЙ ҲАЛ ЭТИЛДИ
янв.21
«СОҲИЛ» МАҲАЛЛАСИДА АҲОЛИ УЧУН ЯНГИ ҚУЛАЙЛИКЛАР ЯРАТИЛМОҚДА
янв.21
КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИШЛАР ДАВОМ ЭТМОҚДА
янв.21
«ЎСИМЛИКЛАРНИ ҲИМОЯ ҚИЛИШ ТЎҒРИСИДА»ГИ ҚОНУН ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЁШЛАР БИЛАН ИШЛАШДА ЯНГИ ТИЗИМ: «1 ОЙ — 4 МАҲАЛЛА» ТАМОЙИЛИ
янв.21
ЁШЛАРНИ КАСБ-ҲУНАРГА ЎҚИТИШ МАРКАЗИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

👥 YOSHLAR BANDLIGI: AJRATILGAN YER MAYDONLARIDAN SAMARALI FOYDALANILMOQDA

📍 Boyqishloq mahallasida yoshlar bandligini ta’minlash va yoshlarga ajratilgan yer maydonlaridan samarali foydalanish holati o‘rganildi.

👥 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati mudiri O. Tursunov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi Sh. Xo‘janazarov tomonidan Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha tavsiyalarning 1-yo‘nalishi — mahalladagi yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan tadbirlar samaradorligi va yoshlar bandligi masalalari yuzasidan joylarda o‘rganish olib borildi.

🚶‍♂️ O‘rganish davomida yoshlarning xonadonlariga borilib, ularning bandligini ta’minlash maqsadida ajratilgan yer maydonlaridan foydalanish holati va erishilayotgan natijalar joyida ko‘zdan kechirildi.

🌽 Jumladan, yoshlarga ajratilgan yer maydonlarida yetishtirilgan makkajo‘xori hosili xonadonga olib kelingani hamda ushbu faoliyat yoshlar uchun qo‘shimcha daromad manbai bo‘layotgani qayd etildi.

📈 Mazkur natijalar yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanish, ularning bandligini ta’minlash va daromadlarini oshirish borasida olib borilayotgan ishlarning amaliy samarasini ko‘rsatmoqda.

🤝 O‘rganish jarayonida yoshlar bandligini ta’minlash, yoshlar yetakchisi faoliyati samaradorligini oshirish hamda yoshlarga yaratilgan imkoniyatlardan yanada samarali foydalanish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Yoshlar bandligi — mahalla taraqqiyoti va farovonligining muhim omilidir!

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.

Slide 1 of 3