35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИШЛАР ДАВОМ ЭТМОҚДА
янв.21
«ЎСИМЛИКЛАРНИ ҲИМОЯ ҚИЛИШ ТЎҒРИСИДА»ГИ ҚОНУН ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЁШЛАР БИЛАН ИШЛАШДА ЯНГИ ТИЗИМ: «1 ОЙ — 4 МАҲАЛЛА» ТАМОЙИЛИ
янв.21
ЁШЛАРНИ КАСБ-ҲУНАРГА ЎҚИТИШ МАРКАЗИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДОИМИЙ КОМИССИЯ ЙИҒИЛИШИДА «ОҒИР» МАҲАЛЛАЛАРДА АМАЛГА ОШИРИЛАЁТГАН ИШЛАР МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ДЕПУТАТ ҲУДУДДА КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИШЛАР ОЛИБ БОРДИ
янв.21
ҚАРОР ИЖРОСИ ЮЗАСИДАН ЎРГАНИШЛАР ЎТКАЗИЛДИ.
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ ВА ФАРМОН ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАН СУДЛАРИ УЧУН ҚУРИЛАЁТГАН ЯНГИ БИНОДА ЎРГАНИШ ОЛИБ БОРИЛДИ.
янв.21
45-СОНЛИ МАКТАБДА ОЛИБ БОРИЛАЁТГАН ТАЪМИРЛАШ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
MAHALLADAGI IJTIMOIY XODIM FAOLIYATI DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA O‘RGANILDI.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi “Mahalla institutining jamiyatdagi rolini tubdan oshirish va uning aholi muammolarini hal etishda birinchi bo‘g‘in sifatida ishlashini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–209-son Farmoni ijrosi doirasida mahalla tizimida amalga oshirilayotgan ishlar deputatlik nazorati asosida o‘rganildi.Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashiga 11-“Qo‘lichi” saylov okrugidan saylangan deputat Yoqubov Farxod Maxkamovich tomonidan o‘zi saylangan hududdagi “Qo‘lichi” mahalla fuqarolar yig‘inida ijtimoiy xodim Z.To‘raboyevaning faoliyati hamda ijtimoiy himoya yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.O‘rganish davomida yolg‘iz keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlarning manzilliligi va samaradorligi atroflicha tahlil qilindi.Ma’lum bo‘lishicha, “Qo‘lichi” MFYda ijtimoiy xodim tomonidan shakllantirilgan ro‘yxatga ko‘ra, davlat ta’minotidagi jami 37 ta oila mavjud bo‘lib, shundan 22 tasi davlat ta’minotidagi, 4 tasi kambag‘allik chegarasidagi hamda 11 tasi kambag‘al oilalarni tashkil etadi. Mazkur oilalar bugungi kunda qonunchilikda belgilangan ijtimoiy yordam va imtiyozlardan foydalanib kelmoqda.O‘rganish yakunida deputat tomonidan ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va hal etish, shuningdek, manzilli ijtimoiy xizmatlar samaradorligini yanada oshirish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.  

Slide 1 of 3