35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИШЛАР ДАВОМ ЭТМОҚДА
янв.21
«ЎСИМЛИКЛАРНИ ҲИМОЯ ҚИЛИШ ТЎҒРИСИДА»ГИ ҚОНУН ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЁШЛАР БИЛАН ИШЛАШДА ЯНГИ ТИЗИМ: «1 ОЙ — 4 МАҲАЛЛА» ТАМОЙИЛИ
янв.21
ЁШЛАРНИ КАСБ-ҲУНАРГА ЎҚИТИШ МАРКАЗИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДОИМИЙ КОМИССИЯ ЙИҒИЛИШИДА «ОҒИР» МАҲАЛЛАЛАРДА АМАЛГА ОШИРИЛАЁТГАН ИШЛАР МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ДЕПУТАТ ҲУДУДДА КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИШЛАР ОЛИБ БОРДИ
янв.21
ҚАРОР ИЖРОСИ ЮЗАСИДАН ЎРГАНИШЛАР ЎТКАЗИЛДИ.
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ ВА ФАРМОН ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАН СУДЛАРИ УЧУН ҚУРИЛАЁТГАН ЯНГИ БИНОДА ЎРГАНИШ ОЛИБ БОРИЛДИ.
янв.21
45-СОНЛИ МАКТАБДА ОЛИБ БОРИЛАЁТГАН ТАЪМИРЛАШ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
“Gulzor” MFYda huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘yicha ishlar o‘rganildi
 “Gulzor” MFYda huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘yicha ishlar o‘rganildi

Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati To‘rabek Nazarov tomonidan “Gulzor” MFY hududida jinoyatchilikning oldini olish, huquqbuzarliklarga qarshi kurashish hamda hududda xavfsiz muhitni ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

📌 O‘rganish davomida hududlarda jinoyatchilikni kamaytirish va uning oldini olish, mavjud muammolarni aniqlash hamda profilaktik tadbirlarning samaradorligini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🤝 Tadbirda “Gulzor” MFY raisi va profilaktika inspektori ishtirok etib, hududdagi kriminogen vaziyat, amalga oshirilayotgan profilaktik ishlar va jinoyatchilikni barvaqt aniqlash hamda oldini olish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar yuzasidan ma’lumotlar taqdim etdi.

✅ Deputat tomonidan hududda osoyishtalikni ta’minlash, aholi, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish, muammoli oilalar bilan manzilli ishlash hamda “qizil” va “sariq” hududlarni barqaror holatga keltirish bo‘yicha ishlarni yanada kuchaytirish yuzasidan tegishli tavsiyalar bildirildi.

📌 Asosiy maqsad — hududda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash, fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda xavfsiz muhitni mustahkamlash.

⚡️ Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
Slide 1 of 3