35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИШЛАР ДАВОМ ЭТМОҚДА
янв.21
«ЎСИМЛИКЛАРНИ ҲИМОЯ ҚИЛИШ ТЎҒРИСИДА»ГИ ҚОНУН ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЁШЛАР БИЛАН ИШЛАШДА ЯНГИ ТИЗИМ: «1 ОЙ — 4 МАҲАЛЛА» ТАМОЙИЛИ
янв.21
ЁШЛАРНИ КАСБ-ҲУНАРГА ЎҚИТИШ МАРКАЗИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДОИМИЙ КОМИССИЯ ЙИҒИЛИШИДА «ОҒИР» МАҲАЛЛАЛАРДА АМАЛГА ОШИРИЛАЁТГАН ИШЛАР МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ДЕПУТАТ ҲУДУДДА КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИШЛАР ОЛИБ БОРДИ
янв.21
ҚАРОР ИЖРОСИ ЮЗАСИДАН ЎРГАНИШЛАР ЎТКАЗИЛДИ.
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ ВА ФАРМОН ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАН СУДЛАРИ УЧУН ҚУРИЛАЁТГАН ЯНГИ БИНОДА ЎРГАНИШ ОЛИБ БОРИЛДИ.
янв.21
45-СОНЛИ МАКТАБДА ОЛИБ БОРИЛАЁТГАН ТАЪМИРЛАШ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
Mahallada chiqindilarni olib chiqib ketish xizmati sifati o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashning 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston “Adolat” sotsial demokratik partiyasidan saylangan deputat T.Mirsidiqov tomonidan tumanning “Xumson” mahallasida mahalla raisi hamkorligida qattiq maishiy chiqindilarini olib chiqib ketish xizmati sifati

🟢O‘rganish davomida mahalladagi ayrim ko‘chalarda maishiy chiqindilar o‘z vaqtida olib chiqib ketilmayotgani, chiqindi tashish xizmati bilan shug‘ullanuvchi “Rahnamo Servis” MChJning maxsus transport vositalari belgilangan grafik asosida kelmayotgani ma’lum bo‘ldi. Bu holat, o‘z navbatida, chiqindilarning to‘planib qolishi va hududning sanitariya-ekologik holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi qayd etildi.

🟢Shuningdek, aholi bilan suhbatlar davomida chiqindilarni olib chiqib ketish xizmatidagi uzilishlar yuzasidan fuqarolarning fikr va takliflari eshitildi. Mazkur masalani tezkor hal etish maqsadida deputat va mahalla raisi tashabbusi bilan ayrim ko‘chalarda to‘planib qolgan chiqindilar maxsus transport vositalari yordamida olib chiqib ketildi. Hududda sanitariya va obodonlashtirish ishlari tartibga keltirildi.

🟢O‘rganish yakunida chiqindilarni olib chiqib ketish xizmatini grafik asosida tashkil etish, maxsus transport vositalarining mahallaga o‘z vaqtida kelishini ta’minlash hamda aholidan kelib tushayotgan murojaatlarni tezkor ko‘rib chiqish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 2