35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИШЛАР ДАВОМ ЭТМОҚДА
янв.21
«ЎСИМЛИКЛАРНИ ҲИМОЯ ҚИЛИШ ТЎҒРИСИДА»ГИ ҚОНУН ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЁШЛАР БИЛАН ИШЛАШДА ЯНГИ ТИЗИМ: «1 ОЙ — 4 МАҲАЛЛА» ТАМОЙИЛИ
янв.21
ЁШЛАРНИ КАСБ-ҲУНАРГА ЎҚИТИШ МАРКАЗИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДОИМИЙ КОМИССИЯ ЙИҒИЛИШИДА «ОҒИР» МАҲАЛЛАЛАРДА АМАЛГА ОШИРИЛАЁТГАН ИШЛАР МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ДЕПУТАТ ҲУДУДДА КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИШЛАР ОЛИБ БОРДИ
янв.21
ҚАРОР ИЖРОСИ ЮЗАСИДАН ЎРГАНИШЛАР ЎТКАЗИЛДИ.
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ ВА ФАРМОН ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАН СУДЛАРИ УЧУН ҚУРИЛАЁТГАН ЯНГИ БИНОДА ЎРГАНИШ ОЛИБ БОРИЛДИ.
янв.21
45-СОНЛИ МАКТАБДА ОЛИБ БОРИЛАЁТГАН ТАЪМИРЛАШ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
Davlat xizmatlar markazi FHDYo bo‘limida xizmatlar sifati o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashning 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan saylangan deputat F.Axmedov tomonidan tuman FHDYo bo‘limida aholiga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari sifati, murojaatlar bilan ishlash holati hamda fuqarolar uchun yaratilgan shart-sharoitlar o‘rganildi.

🔴O‘rganish davomida FHDYo bo‘limi xodimlarining fuqarolar bilan muloqot madaniyati, murojaatlarga munosabati va xizmat ko‘rsatish jarayonlari tahlil qilindi. Xususan, fuqarolar bilan o‘zaro muomala madaniyati yaxshi yo‘lga qo‘yilgani, murojaatchilarga xushmuomalalik bilan munosabatda bo‘linayotgani hamda zarur xizmatlarni ko‘rsatish tezkor tashkil etilgani qayd etildi.

🔴Ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yil boshidan buyon bo‘lim tomonidan 409 ta nikoh, 189 ta nikohdan ajralish, 1488 ta tug‘ilganlik hamda 637 ta o‘lim holati davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan. Deputat o‘rganish jarayonida xizmat ko‘rsatishda fuqarolarning vaqtini tejash, hujjatlarni rasmiylashtirish jarayonida ortiqcha ovoragarchiliklarning oldini olish va aholiga qulayliklarni yanada oshirish muhimligini ta’kidladi.

🔴Shuningdek, FHDYo bo‘limi faoliyatida raqamli xizmatlardan samarali foydalanish, aholiga huquqiy tushuntirish ishlarini kuchaytirish hamda murojaatchilarning taklif va e’tirozlarini muntazam o‘rganib borish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 1