35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИШЛАР ДАВОМ ЭТМОҚДА
янв.21
«ЎСИМЛИКЛАРНИ ҲИМОЯ ҚИЛИШ ТЎҒРИСИДА»ГИ ҚОНУН ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЁШЛАР БИЛАН ИШЛАШДА ЯНГИ ТИЗИМ: «1 ОЙ — 4 МАҲАЛЛА» ТАМОЙИЛИ
янв.21
ЁШЛАРНИ КАСБ-ҲУНАРГА ЎҚИТИШ МАРКАЗИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДОИМИЙ КОМИССИЯ ЙИҒИЛИШИДА «ОҒИР» МАҲАЛЛАЛАРДА АМАЛГА ОШИРИЛАЁТГАН ИШЛАР МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ДЕПУТАТ ҲУДУДДА КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИШЛАР ОЛИБ БОРДИ
янв.21
ҚАРОР ИЖРОСИ ЮЗАСИДАН ЎРГАНИШЛАР ЎТКАЗИЛДИ.
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ ВА ФАРМОН ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАН СУДЛАРИ УЧУН ҚУРИЛАЁТГАН ЯНГИ БИНОДА ЎРГАНИШ ОЛИБ БОРИЛДИ.
янв.21
45-СОНЛИ МАКТАБДА ОЛИБ БОРИЛАЁТГАН ТАЪМИРЛАШ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
“FUQAROLAR SOG‘LIG‘INI SAQLASH TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI MUHOKAMA QILINDI

#poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️“FUQAROLAR SOG‘LIG‘INI SAQLASH TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI MUHOKAMA QILINDI

🏛 O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Mehnat, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy masalalar qo‘mitasi tomonidan “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 8, 9, 10 va 11-moddalari ijrosini Buxoro, Samarqand va Xorazm viloyatlari misolida nazorat-tahlil tartibida o‘rganish yakunlariga bag‘ishlangan kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazildi.

📝 Mazkur yig‘ilishda Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi raisi Rustamxon Kalanov hamda Toshkent shahar Kengashi kotibiyati mudiri Davronbek Ravshanbekov ham ishtirok etdi.

🔺 Yig‘ilishda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, Mehnat, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy masalalar qo‘mitasi a’zolari, Sog‘liqni saqlash vazirligi va tegishli vazirlik hamda idoralar mas’ullari, hududiy sog‘liqni saqlash boshqarmalari rahbarlari, shuningdek, mahalliy Kengashlar vakillari qatnashdi.

📁 Muhokamalar davomida “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi Qonunning 8, 9, 10 va 11-moddalarida belgilangan vazifalarning hududlardagi ijrosi, fuqarolarning sog‘lig‘ini saqlash sohasida davlat va mahalliy boshqaruv organlarining vakolatlari hamda ushbu yo‘nalishdagi ishlarning samaradorligini oshirish masalalari atroflicha ko‘rib chiqildi.

📉 Shuningdek, Buxoro, Samarqand va Xorazm viloyatlarida olib borilgan nazorat-tahlil o‘rganishlari yakunlari yuzasidan ma’ruza tinglanib, hududiy sog‘liqni saqlash boshqarmalari rahbarlari hamda tegishli vazirlik va idoralar vakillarining fikr-mulohazalari eshitildi.

💬 Yig‘ilish doirasida aniqlangan masalalar yuzasidan fikr almashilib, qonun talablarining joylardagi ijrosini yanada samarali tashkil etish, aholi uchun sifatli va kafolatlangan tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish hamda bu borada parlament va deputatlik nazoratini kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

📋 Yig‘ilish yakunida bildirilgan taklif va tavsiyalar umumlashtirilib, Qo‘mitaning tegishli qarori qabul qilindi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 4