35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИШЛАР ДАВОМ ЭТМОҚДА
янв.21
«ЎСИМЛИКЛАРНИ ҲИМОЯ ҚИЛИШ ТЎҒРИСИДА»ГИ ҚОНУН ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЁШЛАР БИЛАН ИШЛАШДА ЯНГИ ТИЗИМ: «1 ОЙ — 4 МАҲАЛЛА» ТАМОЙИЛИ
янв.21
ЁШЛАРНИ КАСБ-ҲУНАРГА ЎҚИТИШ МАРКАЗИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДОИМИЙ КОМИССИЯ ЙИҒИЛИШИДА «ОҒИР» МАҲАЛЛАЛАРДА АМАЛГА ОШИРИЛАЁТГАН ИШЛАР МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ДЕПУТАТ ҲУДУДДА КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИШЛАР ОЛИБ БОРДИ
янв.21
ҚАРОР ИЖРОСИ ЮЗАСИДАН ЎРГАНИШЛАР ЎТКАЗИЛДИ.
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ ВА ФАРМОН ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАН СУДЛАРИ УЧУН ҚУРИЛАЁТГАН ЯНГИ БИНОДА ЎРГАНИШ ОЛИБ БОРИЛДИ.
янв.21
45-СОНЛИ МАКТАБДА ОЛИБ БОРИЛАЁТГАН ТАЪМИРЛАШ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
#munosabat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Faol tadbirkor” ko‘krak nishoni bilan taqdirlash to‘g‘risidagi Farmoyishi qabul qilingani mamlakatimizda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, faol va tashabbuskor ishbilarmonlarni rag‘batlantirish yo‘lidagi muhim qadamdir.

🌏Deputat sifatida ushbu Farmoyishni yurtimizda ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash, yangi ish o‘rinlari yaratish, innovatsion g‘oyalarni amaliyotga joriy etish va aholi farovonligini oshirishga xizmat qiladigan muhim tashabbus sifatida baholayman. Zero, “Faol tadbirkor” ko‘krak nishoni nafaqat tadbirkorning biznesdagi yutuqlarini, balki uning jamiyat va hudud rivojiga qo‘shayotgan hissini ham e’tirof etishning yorqin ifodasidir.

🌏Ayniqsa, tadbirkorlarning ishlab chiqarish va eksport salohiyatini oshirish, bandlikni ta’minlash, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish hamda ijtimoiy hayotda faol ishtirok etishi bugungi kun talablaridan biridir. Bunday fidoyi va tashabbuskor insonlarning davlat tomonidan munosib rag‘batlantirilishi boshqa tadbirkorlar uchun ham yangi g‘oyalar va ezgu tashabbuslarga katta turtki beradi.

🌏Ishonchim komilki, ushbu e’tirof tadbirkorlarni yanada faol bo‘lishga, yangi loyihalarni amalga oshirishga va hududlar iqtisodiy taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishga ruhlantiradi.

🌏Faol, tashabbuskor va mas’uliyatli tadbirkorlar safi kengayishi — mahallalarimizda yangi ish o‘rinlari, oilalarda barqaror daromad va hududlarimizda yanada yuqori farovonlik demakdir.