35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИШЛАР ДАВОМ ЭТМОҚДА
янв.21
«ЎСИМЛИКЛАРНИ ҲИМОЯ ҚИЛИШ ТЎҒРИСИДА»ГИ ҚОНУН ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЁШЛАР БИЛАН ИШЛАШДА ЯНГИ ТИЗИМ: «1 ОЙ — 4 МАҲАЛЛА» ТАМОЙИЛИ
янв.21
ЁШЛАРНИ КАСБ-ҲУНАРГА ЎҚИТИШ МАРКАЗИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДОИМИЙ КОМИССИЯ ЙИҒИЛИШИДА «ОҒИР» МАҲАЛЛАЛАРДА АМАЛГА ОШИРИЛАЁТГАН ИШЛАР МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ДЕПУТАТ ҲУДУДДА КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИШЛАР ОЛИБ БОРДИ
янв.21
ҚАРОР ИЖРОСИ ЮЗАСИДАН ЎРГАНИШЛАР ЎТКАЗИЛДИ.
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ ВА ФАРМОН ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАН СУДЛАРИ УЧУН ҚУРИЛАЁТГАН ЯНГИ БИНОДА ЎРГАНИШ ОЛИБ БОРИЛДИ.
янв.21
45-СОНЛИ МАКТАБДА ОЛИБ БОРИЛАЁТГАН ТАЪМИРЛАШ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
#munosabat

Prezident Shavkat Mirziyoyevga tadbirkorlar bilan navbatdagi ochiq muloqotga tayyorgarlikning borishi yuzasidan axborot berilgani biznes vakillarining murojaat va takliflarini bevosita eshitish, ularni qiynayotgan masalalarga amaliy yechim topish borasidagi ishlar izchil davom etayotganini ko‘rsatadi.
🌏Deputat sifatida ta’kidlash joizki, bunday ochiq muloqotlar tadbirkorlik muhitini yanada yaxshilash, ortiqcha byurokratik to‘siqlarni kamaytirish, moliyaviy va infratuzilmaviy muammolarni bartaraf etish uchun muhim platforma hisoblanadi. Ayniqsa, hududlardagi tadbirkorlarning takliflarini o‘rganib, ularni yuqori darajadagi muloqotga olib chiqish mahalliy Kengash deputatlarining ham muhim vazifalaridan biridir.
🌏Bugungi kunda yangi ish o‘rinlari yaratish, aholi daromadlarini oshirish va hudud iqtisodiy salohiyatini yuksaltirishda tadbirkorlarning o‘rni beqiyos. Shu bois ochiq muloqot doirasida bildirilayotgan har bir taklif va tashabbusni qo‘llab-quvvatlash, berilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda belgilangan vazifalarning ijrosini joylarda nazorat qilish zarur.
🌏Mazkur muloqot tadbirkorlar uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochib, ularning faoliyatini rivojlantirishga xizmat qiladigan muhim qaror va tashabbuslarga asos bo‘lishiga ishonaman.