35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ ТИНГЛАНИБ, ЕЧИМИ БЎЙИЧА АНИҚ ВАЗИФАЛАР БЕЛГИЛАНДИ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ ДЕПУТАТ ЭЪТИБОРИДА
янв.21
МАҲАЛЛАДАГИ МУАММОЛАР ДЕПУТАТ ЭЪТИБОРИДА
янв.21
ТАШАББУСЛИ БЮДЖЕТ: 60-СОНЛИ МАКТАБДАГИ ИШЛАР ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА
янв.21
ТОМОРҚАДАН УНУМЛИ ФОЙДАЛАНИШ ВА ОБОДОНЛАШТИРИШ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЯНГИ ЎҚУВ ЙИЛИГА ТАЙЁРГАРЛИК ЖАРАЁНЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
#Депутат фаолияти
янв.21
АҲОЛИ МУРОЖААТИ ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА: ЭЛЕКТР ТАЪМИНОТИ БЎЙИЧА ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ ЮБОРИЛДИ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ — ДОИМИЙ ЭЪТИБОРДА
янв.21
МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ ТАШКИЛОТИДА ЯРАТИЛГАН ШАРОИТЛАР ЎРГАНИЛДИ
Fuqaroning muammolari o‘rganildi

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha TAVSIYALARning 18-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati F. Turayev tomonidan Oq Oltin MFYda yashovchi, Chernobil AESidagi avariya oqibatlarini bartaraf etish ishlarida ishtirok etgan Qobil Yo‘ldoshev xonadonida bo‘lib, oilaning sharoiti va mavjud muammolari o‘rganildi.
O‘rganish davomida xonadonni ta’mirlashga ehtiyoj mavjudligi aniqlandi. Jumladan, uy tomidagi shiferlarni almashtirish, devorlarni suvoq qilish va oqlash, hovliga beton qoplama (styajka) yotqizish zarur.
Shuningdek, fuqaroning ajrashgan qizi ishsizligi, sanitariya xodimi sifatida ishlash istagida ekani ma’lum bo‘ldi.
Aniqlangan muammolarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish, xonadonni ta’mirlashda amaliy ko‘mak ko‘rsatish hamda fuqaroning qizini munosib ish bilan ta’minlash masalalarini o‘rganish yuzasidan tegishli choralar belgilandi.

Slide 1 of 1