35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ ТИНГЛАНИБ, ЕЧИМИ БЎЙИЧА АНИҚ ВАЗИФАЛАР БЕЛГИЛАНДИ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ ДЕПУТАТ ЭЪТИБОРИДА
янв.21
МАҲАЛЛАДАГИ МУАММОЛАР ДЕПУТАТ ЭЪТИБОРИДА
янв.21
ТАШАББУСЛИ БЮДЖЕТ: 60-СОНЛИ МАКТАБДАГИ ИШЛАР ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА
янв.21
ТОМОРҚАДАН УНУМЛИ ФОЙДАЛАНИШ ВА ОБОДОНЛАШТИРИШ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЯНГИ ЎҚУВ ЙИЛИГА ТАЙЁРГАРЛИК ЖАРАЁНЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
#Депутат фаолияти
янв.21
АҲОЛИ МУРОЖААТИ ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА: ЭЛЕКТР ТАЪМИНОТИ БЎЙИЧА ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ ЮБОРИЛДИ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ — ДОИМИЙ ЭЪТИБОРДА
янв.21
МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ ТАШКИЛОТИДА ЯРАТИЛГАН ШАРОИТЛАР ЎРГАНИЛДИ
Shifobuloq mahallasidagi 16-sonli maktabda qurilish ishlari o‘rganildi

Shifobuloq mahallasidagi 16-sonli maktabda qurilish ishlari o‘rganildi

#Ish_reja_ijrosi
#24_ta_masala

🚨Shifobuloq mahallasida joylashgan 16-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Open Budget” dasturi doirasida amalga oshirilayotgan qo‘shimcha bino qurilishi jarayoni xalq deputatlari tuman Kengashi raisi va kotibiyat mudiri tomonidan ko‘zdan kechirildi.

🚨O‘rganish davomida maktab hududida olib borilayotgan qurilish-montaj ishlarining amaldagi holati, ishlarning belgilangan loyiha va talablar asosida tashkil etilgani, qurilish materiallaridan foydalanish hamda ishlarning sifatli bajarilishiga alohida e’tibor qaratildi.

🚨Mazkur loyiha mahalladagi o‘quvchilar uchun zamonaviy va qulay ta’lim sharoitlarini yaratish, maktabning mavjud quvvatini kengaytirish hamda o‘quv jarayonini yanada samarali tashkil etishda muhim ahamiyatga ega.

🚨Shuningdek, qurilish ishlarini belgilangan muddatlarda yakunlash, obyektning sifatli topshirilishini ta’minlash, xavfsizlik talablariga qat’iy rioya qilish hamda ajratilgan mablag‘lardan maqsadli va samarali foydalanish masalalariga e’tibor qaratildi.

🚨O‘rganish yakunida aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berilib, qurilish jarayonining keyingi bosqichlari ham nazorat qilib borilishi belgilandi. Mazkur ishlarning to‘liq yakunlanishi natijasida 16-sonli maktab o‘quvchilari uchun yanada qulay va zamonaviy ta’lim muhiti yaratilishi kutilmoqda.

Slide 1 of 5