35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИШЛАР ДАВОМ ЭТМОҚДА
янв.21
«ЎСИМЛИКЛАРНИ ҲИМОЯ ҚИЛИШ ТЎҒРИСИДА»ГИ ҚОНУН ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЁШЛАР БИЛАН ИШЛАШДА ЯНГИ ТИЗИМ: «1 ОЙ — 4 МАҲАЛЛА» ТАМОЙИЛИ
янв.21
ЁШЛАРНИ КАСБ-ҲУНАРГА ЎҚИТИШ МАРКАЗИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДОИМИЙ КОМИССИЯ ЙИҒИЛИШИДА «ОҒИР» МАҲАЛЛАЛАРДА АМАЛГА ОШИРИЛАЁТГАН ИШЛАР МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ДЕПУТАТ ҲУДУДДА КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИШЛАР ОЛИБ БОРДИ
янв.21
ҚАРОР ИЖРОСИ ЮЗАСИДАН ЎРГАНИШЛАР ЎТКАЗИЛДИ.
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ ВА ФАРМОН ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАН СУДЛАРИ УЧУН ҚУРИЛАЁТГАН ЯНГИ БИНОДА ЎРГАНИШ ОЛИБ БОРИЛДИ.
янв.21
45-СОНЛИ МАКТАБДА ОЛИБ БОРИЛАЁТГАН ТАЪМИРЛАШ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
Fuqarolar muammolari — deputat e’tiborida

Shu maqsadda Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi, 9-“Abdulla Avloniy” saylov okrugi deputati D.Normuradova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A.Temirovlar 9-“Abdulla Avloniy” saylov okrugi hududidagi “Turon” mahallasida fuqarolar qabuli o‘tkazdilar.

Qabul davomida mahalla aholisi tomonidan bildirilgan murojaat, taklif va muammolar atroflicha tinglandi. Fuqarolar tomonidan asosan ijtimoiy, kommunal, obodonlashtirish, bandlik, infratuzilma hamda boshqa masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi.

Har bir murojaatga individual yondashilib, ko‘tarilgan masalalarning mazmuni, mavjud muammolarning kelib chiqish sabablari va ularni hal etish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Ayrim masalalar yuzasidan tegishli tashkilot va mutasaddi rahbarlarga vazifalar belgilash, murojaatlarni amaldagi tartibda ko‘rib chiqish hamda fuqarolarga qonuniy yechim topishda amaliy ko‘mak ko‘rsatish zarurligi qayd etildi.

Shuningdek, murojaatlarning ijrosini nazoratga olish, mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va fuqarolarni murojaatlarining natijasi haqida belgilangan tartibda xabardor qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Fuqarolar qabuli — muammolarni joyida aniqlash, aholining talab va takliflarini bevosita eshitish hamda ularni hal etish bo‘yicha aniq choralarni belgilashning muhim vositasidir.