35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИШЛАР ДАВОМ ЭТМОҚДА
янв.21
«ЎСИМЛИКЛАРНИ ҲИМОЯ ҚИЛИШ ТЎҒРИСИДА»ГИ ҚОНУН ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЁШЛАР БИЛАН ИШЛАШДА ЯНГИ ТИЗИМ: «1 ОЙ — 4 МАҲАЛЛА» ТАМОЙИЛИ
янв.21
ЁШЛАРНИ КАСБ-ҲУНАРГА ЎҚИТИШ МАРКАЗИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДОИМИЙ КОМИССИЯ ЙИҒИЛИШИДА «ОҒИР» МАҲАЛЛАЛАРДА АМАЛГА ОШИРИЛАЁТГАН ИШЛАР МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ДЕПУТАТ ҲУДУДДА КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИШЛАР ОЛИБ БОРДИ
янв.21
ҚАРОР ИЖРОСИ ЮЗАСИДАН ЎРГАНИШЛАР ЎТКАЗИЛДИ.
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ ВА ФАРМОН ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАН СУДЛАРИ УЧУН ҚУРИЛАЁТГАН ЯНГИ БИНОДА ЎРГАНИШ ОЛИБ БОРИЛДИ.
янв.21
45-СОНЛИ МАКТАБДА ОЛИБ БОРИЛАЁТГАН ТАЪМИРЛАШ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
Deputat nazoratida: oziq-ovqat mahsulotlari va yaratilgan sharoitlar...
O‘rganish davomida tarbiyalanuvchilarni sifatli va xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash, kunlik ovqatlanish menyusining belgilangan talablarga muvofiqligi, mahsulotlarning o‘z vaqtida yetkazib berilishi, saqlash sharoitlari hamda yaroqlilik muddatlariga alohida e’tibor qaratildi.
️Shuningdek, oziq-ovqat mahsulotlarining qabul qilinishi va omborlarda saqlanish tartibi, mahsulotlarning sanitariya-gigiyena talablariga muvofiq joylashtirilishi, oshxona va yordamchi xonalarning tozaligi, ovqat tayyorlash jarayonida belgilangan talablarga rioya etilishi holatlari ham ko‘zdan kechirildi.
️Bundan tashqari, tarbiyalanuvchilarga taqdim etilayotgan taomlarning sifati va to‘yimliligi, bolalarning yosh xususiyatlaridan kelib chiqib ovqatlanish ratsionining shakllantirilishi hamda kundalik menyuda zarur oziq moddalarining yetarli darajada bo‘lishi masalalari muhokama qilindi.
️O‘rganish jarayonida aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarning faoliyati tanqidiy-tahliliy ko‘rib chiqilib, oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligini doimiy nazorat qilish, saqlash sharoitlariga qat’iy rioya etish, ovqatlanish jarayonini belgilangan talablar asosida tashkil etish bo‘yicha tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
️Alohida ta’kidlanganidek, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilarning sog‘lom rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, ularni sifatli ovqatlanish bilan ta’minlash va sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biridir.
️Mazkur yo‘nalishdagi o‘rganishlar davom ettirilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda tarbiyalanuvchilar uchun yanada qulay, xavfsiz va sog‘lom muhit yaratish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar nazoratga olinadi.
Slide 1 of 1