35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ — ДЕПУТАТ ЭЪТИБОРИДА
янв.21
МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ МУАССАСАСИДАГИ ШАРОИТЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МУСТАҚИЛЛИК БАЙРАМИГА МУНОСИБ ТАЙЁРГАРЛИК КЎРИЛМОҚДА
янв.21
«ПОДШО ОТА» СОЙИДА СУНЪИЙ КЎЛ: ТУРИЗМ УЧУН ЯНГИ ИМКОНИЯТ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАКТАБДАГИ ТАЪМИРЛАШ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ҲУДУД МУАММОЛАРИ ДЕПУТАТ ЭЪТИБОРИДА
янв.21
АҲОЛИНИНГ ГАЗ ТАЪМИНОТИ БЎЙИЧА МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
БОЛАЛАР НАФАҚАСИ БЎЙИЧА МУРОЖААТЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ТОМОРҚАДАН УНУМЛИ ФОЙДАЛАНИШ — ОИЛА ФАРОВОНЛИГИ ОМИЛИ
2-BAND IJROSI: Aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati o‘rganildi

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha Tavsiyalarning 2-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati M. Pardayev tomonidan Navro‘z mahallasidagi 33-sonli oilaviy poliklinikada o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish davomida aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlarning sifati, tibbiyot xodimlarining faoliyati hamda muassasaning zarur sharoitlar bilan ta’minlanganlik holati ko‘zdan kechirildi.
📌 Bugungi kunda mazkur oilaviy poliklinika 5 ming nafardan ortiq aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatib kelmoqda.
Muassasada:
👨‍⚕️ 2 nafar shifokor;
👩‍⚕️ 2 nafar amaliyotchi hamshira;
👩‍⚕️ 5 nafar patronaj hamshira faoliyat olib bormoqda.
O‘rganish davomida poliklinikada tibbiy xizmat ko‘rsatish uchun zarur jihozlar mavjudligi qayd etildi.
Shu bilan birga, muassasada markazlashgan ichimlik suvi tarmog‘i mavjud emasligi, ichimlik suvi tashib keltirilayotgani aniqlandi.
Mazkur masala yuzasidan deputatlik so'rovi yuborish rejalshtirildi. Aholiga sifatli va qulay tibbiy xizmat ko‘rsatish uchun zarur sharoitlarni yaxshilash nuqtayi nazaridan deputatlik nazoratiga olindi.

Slide 1 of 2