35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ — ДЕПУТАТ ЭЪТИБОРИДА
янв.21
МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ МУАССАСАСИДАГИ ШАРОИТЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МУСТАҚИЛЛИК БАЙРАМИГА МУНОСИБ ТАЙЁРГАРЛИК КЎРИЛМОҚДА
янв.21
«ПОДШО ОТА» СОЙИДА СУНЪИЙ КЎЛ: ТУРИЗМ УЧУН ЯНГИ ИМКОНИЯТ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАКТАБДАГИ ТАЪМИРЛАШ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ҲУДУД МУАММОЛАРИ ДЕПУТАТ ЭЪТИБОРИДА
янв.21
АҲОЛИНИНГ ГАЗ ТАЪМИНОТИ БЎЙИЧА МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
БОЛАЛАР НАФАҚАСИ БЎЙИЧА МУРОЖААТЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ТОМОРҚАДАН УНУМЛИ ФОЙДАЛАНИШ — ОИЛА ФАРОВОНЛИГИ ОМИЛИ
5-Charx Kamolon saylov okrugida hokim yordamchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi o‘rganildi.

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashining 5-Charx Kamolon saylov okrugi deputati Mahmudova Donoxon Artikovna tomonidan 2-Charx Kamolon mahallasida hokim yordamchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida, avvalo, mahallada aholini kambag‘allikdan chiqarish, bandligini ta’minlash, oilalarning daromad manbalarini kengaytirish, kasb-hunarga yo‘naltirish hamda tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash borasida olib borilayotgan amaliy ishlar tahlil qilindi.

Shuningdek, “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolar bilan ishlash holati, ularga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy va iqtisodiy ko‘mak choralari, ajratilgan imtiyoz va subsidiyalarning maqsadli qo‘llanilishi hamda murojaatlar ijrosi yuzasidan mas’ul mutasaddilar bilan muhokamalar o‘tkazildi.

Deputat tomonidan kambag‘allikni qisqartirish dasturlari ijrosini yanada kuchaytirish, ehtiyojmand oilalar bilan manzilli ishlash, ularning bandligini ta’minlash va daromadini oshirishga qaratilgan aniq choralarni izchil davom ettirish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Bu kabi o‘rganishlar hududlarda ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash, fuqarolarning turmush darajasini yaxshilash hamda davlat dasturlari ijrosining samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 2