35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
МУСТАҚИЛЛИК БАЙРАМИГА МУНОСИБ ТАЙЁРГАРЛИК КЎРИЛМОҚДА
янв.21
«ПОДШО ОТА» СОЙИДА СУНЪИЙ КЎЛ: ТУРИЗМ УЧУН ЯНГИ ИМКОНИЯТ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАКТАБДАГИ ТАЪМИРЛАШ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ҲУДУД МУАММОЛАРИ ДЕПУТАТ ЭЪТИБОРИДА
янв.21
АҲОЛИНИНГ ГАЗ ТАЪМИНОТИ БЎЙИЧА МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
БОЛАЛАР НАФАҚАСИ БЎЙИЧА МУРОЖААТЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ТОМОРҚАДАН УНУМЛИ ФОЙДАЛАНИШ — ОИЛА ФАРОВОНЛИГИ ОМИЛИ
янв.21
ОИЛА МУСТАҲКАМЛИГИ ВА ТЎЙ-МАРОСИМЛАРНИ ИХЧАМ ЎТКАЗИШ МАСАЛАЛАРИ МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
МАЪМУРИЙ НАЗОРАТ ТЎҒРИСИДАГИ ҚОНУН ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
Xitoyning “Tzentay tzinszi technology” korxonasi tomonidan 20 million dollarlik yangi loyiha ishga tushiriladi

 Tashrif doirasida delegatsiya a’zolari yirik kompaniyalar va ishlab chiqarish korxonalari mutasaddilari bilan tumanimizda investitsion loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha hamkorlik istiqbollarini muhokama qilayapti. 

“Tzentay tzinszi technology” korxonasi vakillari bilan uchrashuvda “Qo‘qon” erkin iqtisodiy zonasi hududida mikro kristalli chinni idishlar ishlab chiqarish bo‘yicha loyihani yo‘lga qo‘yish masalasi ko‘rib chiqildi. 

Uchrashuv davomida 20 million dollar miqdorida xorijiy investitsiya kiritishni ko‘zda tutadigan mazkur loyihani amalga oshirish bo‘yicha dastlabki kelishuvga erishildi. 

2 gektar maydonda tashkil etiladigan yangi korxonada yillik ishlab chiqarish hajmini 30 ming tonnaga yetkazish ko‘zda tutilgan. Korxonada 100 ta yangi ish o‘rni yaratiladi va yiliga 15 million dollarlik mahsulot eksport qilinadi. 

  👇Bizni kuzatishda davom eting👇 

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashi  

Slide 1 of 4