Yunusobod tumani Kengashi deputati, tuman hokimi Abrorxo‘ja Saidaliyev “Akbarobod” mahallasida joylashgan 519-sonli “Nihol” davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida olib borilayotgan rekonstruksiya ishlari bilan yaqindan tanishdi.
🔎O‘rganish davomida binoda amalga oshirilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari, yaratilayotgan sharoitlar hamda ishlarning belgilangan talablar asosida olib borilishi ko‘zdan kechirildi.
🔠Tashrif davomida rekonstruksiya ishlarining sifatini ta’minlash, qurilish jarayonlarini belgilangan muddatlarda yakunlash hamda maktabgacha ta’lim tashkilotida bolajonlar uchun zamonaviy, xavfsiz va qulay sharoitlar yaratish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.
🧑🧑🧒🧒519-sonli “Nihol” davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida rekonstruksiya ishlari izchil davom ettirilib, kelgusida tarbiyalanuvchilar uchun yanada qulay va zamonaviy muhit yaratish ko‘zda tutilmoqda.
Bizni kuzatishda davom eting!