35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИШЛАР ДАВОМ ЭТМОҚДА
янв.21
«ЎСИМЛИКЛАРНИ ҲИМОЯ ҚИЛИШ ТЎҒРИСИДА»ГИ ҚОНУН ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЁШЛАР БИЛАН ИШЛАШДА ЯНГИ ТИЗИМ: «1 ОЙ — 4 МАҲАЛЛА» ТАМОЙИЛИ
янв.21
ЁШЛАРНИ КАСБ-ҲУНАРГА ЎҚИТИШ МАРКАЗИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДОИМИЙ КОМИССИЯ ЙИҒИЛИШИДА «ОҒИР» МАҲАЛЛАЛАРДА АМАЛГА ОШИРИЛАЁТГАН ИШЛАР МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ДЕПУТАТ ҲУДУДДА КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИШЛАР ОЛИБ БОРДИ
янв.21
ҚАРОР ИЖРОСИ ЮЗАСИДАН ЎРГАНИШЛАР ЎТКАЗИЛДИ.
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ ВА ФАРМОН ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАН СУДЛАРИ УЧУН ҚУРИЛАЁТГАН ЯНГИ БИНОДА ЎРГАНИШ ОЛИБ БОРИЛДИ.
янв.21
45-СОНЛИ МАКТАБДА ОЛИБ БОРИЛАЁТГАН ТАЪМИРЛАШ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
“Davronbek” mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashiga 11-“O‘rmonbog‘” saylov okrugidan saylangan deputat N.Shomatov tomonidan “Davronbek” mahalla fuqarolar yig‘inida navbatdagi saylovchilar bilan uchrashuv va o‘rganish ishlari olib borildi.

Uchrashuv davomida fuqarolarning murojaatlari, taklif va muammolari tinglanib, ularni o‘z vaqtida hal etish, fuqarolarga zarur amaliy yordam ko‘rsatish masalalari yuzasidan tegishli choralar ko‘rildi.

Xususan, Shohruhobod ko‘chasi 41/2-uyda yashovchi Sh.Masharipovning holati ham o‘rganildi. Ma’lum bo‘lishicha, fuqaro probatsiya nazoratiga olingan bo‘lib, uning ijtimoiy moslashuvini ta’minlash, hayotida ijobiy o‘zgarishlarga erishish hamda qayta huquqbuzarlik sodir etishining oldini olish maqsadida unga murabbiy biriktirilgan.

Uchrashuv davomida fuqaro bilan individual ishlash, uni qo‘llab-quvvatlash, bandligi va ijtimoiy moslashuviga ko‘maklashish, shuningdek, murabbiy tomonidan olib borilayotgan ishlarni tizimli tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Mazkur masala deputat N.Shomatov nazoratiga olinib, tegishli mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda fuqaro bilan profilaktik va tarbiyaviy ishlarni davom ettirish, uning jamiyatga moslashuvini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha zarur choralarni ko‘rishga kelishib olindi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3