35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИШЛАР ДАВОМ ЭТМОҚДА
янв.21
«ЎСИМЛИКЛАРНИ ҲИМОЯ ҚИЛИШ ТЎҒРИСИДА»ГИ ҚОНУН ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЁШЛАР БИЛАН ИШЛАШДА ЯНГИ ТИЗИМ: «1 ОЙ — 4 МАҲАЛЛА» ТАМОЙИЛИ
янв.21
ЁШЛАРНИ КАСБ-ҲУНАРГА ЎҚИТИШ МАРКАЗИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДОИМИЙ КОМИССИЯ ЙИҒИЛИШИДА «ОҒИР» МАҲАЛЛАЛАРДА АМАЛГА ОШИРИЛАЁТГАН ИШЛАР МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ДЕПУТАТ ҲУДУДДА КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИШЛАР ОЛИБ БОРДИ
янв.21
ҚАРОР ИЖРОСИ ЮЗАСИДАН ЎРГАНИШЛАР ЎТКАЗИЛДИ.
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ ВА ФАРМОН ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАН СУДЛАРИ УЧУН ҚУРИЛАЁТГАН ЯНГИ БИНОДА ЎРГАНИШ ОЛИБ БОРИЛДИ.
янв.21
45-СОНЛИ МАКТАБДА ОЛИБ БОРИЛАЁТГАН ТАЪМИРЛАШ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi

Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi deputati N. Alimova tomonidan Farhod mahallasi hududida istiqomat qiluvchi saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida saylovchilarning murojaatlari, taklif va mulohazalari tinglandi. Fuqarolar tomonidan hududdagi mavjud muammolar yuzasidan bir qator masalalar ko‘tarildi.

Jumladan, Farhod mahallasi hududida joylashgan favvoraning hozirgi vaqtda ishlamayotgani hamda uni qayta ishga tushirish zarurligi masalasi ko‘tarildi. Saylovchilar favvorani ta’mirlash, zarur texnik ishlarni amalga oshirish va uning faoliyatini qayta yo‘lga qo‘yish orqali mahalla hududining obodonligi va ko‘rkamligini ta’minlashni so‘radilar.

Mazkur murojaat saylovchilarni ro‘yxatga olish kitobiga belgilangan tartibda qayd etildi. Muammoni tegishli mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda o‘rganish hamda favvorani ishga tushirish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish belgilandi.

Slide 1 of 2