35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ — ДЕПУТАТ ЭЪТИБОРИДА
янв.21
МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ МУАССАСАСИДАГИ ШАРОИТЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МУСТАҚИЛЛИК БАЙРАМИГА МУНОСИБ ТАЙЁРГАРЛИК КЎРИЛМОҚДА
янв.21
«ПОДШО ОТА» СОЙИДА СУНЪИЙ КЎЛ: ТУРИЗМ УЧУН ЯНГИ ИМКОНИЯТ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАКТАБДАГИ ТАЪМИРЛАШ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ҲУДУД МУАММОЛАРИ ДЕПУТАТ ЭЪТИБОРИДА
янв.21
АҲОЛИНИНГ ГАЗ ТАЪМИНОТИ БЎЙИЧА МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
БОЛАЛАР НАФАҚАСИ БЎЙИЧА МУРОЖААТЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ТОМОРҚАДАН УНУМЛИ ФОЙДАЛАНИШ — ОИЛА ФАРОВОНЛИГИ ОМИЛИ
AHOLI MUROJAATI IJOBIY HAL ETILDI: KO‘P QAVATLI UYLAR TOM QISMI JORIY TA’MIRLANDI

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashining 5-Charx Kamolon saylov okrugi deputati Maxmudova Donoxon Artikovna tomonidan fuqarolar bilan olib borilayotgan muntazam muloqotlar hamda kelib tushayotgan murojaatlar asosida hududda amaliy ishlar davom ettirilmoqda.

Jumladan, 2-Charx Kamolon mahallasida joylashgan 2-, 4-, 15- va 16-ko‘p qavatli uylarning tom qismi joriy ta’mirlandi. Ta’mirlash ishlari davomida tom qoplamasining eskirgan va shikastlangan qismlari tiklanib, mavjud texnik kamchiliklar bartaraf etildi hamda uy-joylarning foydalanish holatini yaxshilashga qaratilgan zarur ishlar amalga oshirildi.

Mazkur ishlar fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va ularning dolzarb muammolariga amaliy yechim topish borasida deputat tomonidan olib borilayotgan tizimli faoliyatning amaliy natijasi hisoblanadi.

Hudud infratuzilmasini yaxshilash, aholi uchun qulay va xavfsiz yashash sharoitlarini yaratish hamda fuqarolar manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 1