35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
МАЪМУРИЙ НАЗОРАТ ТЎҒРИСИДАГИ ҚОНУН ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ — ДОИМИЙ ЭЪТИБОРДА
янв.21
АҲОЛИ МУРОЖААТИ АСОСИДА ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ ЮБОРИЛДИ
янв.21
БЕКОБОД МАҲАЛЛАСИДА ОБОДОНЛАШТИРИШ ВА БАЙРАМГА ТАЙЁРГАРЛИК ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
КЕНГАШ ҚАРОРИ ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ — ДОИМИЙ ЭЪТИБОРДА
янв.21
ХОТИН-ҚИЗЛАР МУРОЖААТЛАРИ ТИНГЛАНИБ, МАСАЛАЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МУАММОЛАР КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИЛМОҚДА
янв.21
ОБОД МФЙДА ИНФРАТУЗИЛМА ЯХШИЛАНМОҚДА
янв.21
ҚУТЛУҒТОЛ МАҲАЛЛАСИДА ИНФРАТУЗИЛМА ЯХШИЛАНМОҚДА
#_162_ta_qonun “MAHALLA YETTILIGI — KENGASH — SENAT”: HAMKORLIKDA NATIJADORLIK SARI

#_162_ta_qonun
“MAHALLA YETTILIGI — KENGASH — SENAT”: HAMKORLIKDA NATIJADORLIK SARI


O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 14-yanvardagi KQ-35-V-son qarori hududlarni rivojlantirish va aholi muammolarini samarali hal etishda mahalliy Kengashlar deputatlari hamda senatorlarning “mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorligini yanada kuchaytirishga qaratilgan.

Mazkur qarorning asosiy mazmun-mohiyati — mahalladagi muammolarni joyida aniqlash, ularni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish va bu jarayon ustidan deputatlik nazoratini kuchaytirishdan iborat.

Deputat mahallaga boradi — muammoni o‘rganadi — mas’ullar bilan birgalikda yechim izlaydi — natijasini nazorat qiladi.

Qaror doirasida:
“Mahalla yettiligi” bilan hamkorlikda hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy muammolar aniqlanadi va ularni bartaraf etish choralari ko‘riladi;
Aholi bilan bevosita muloqot qilinib, fuqarolarning murojaatlari va takliflari joyida o‘rganiladi;
Hududlarni rivojlantirishga qaratilgan dastur va loyihalar ijrosi ustidan deputatlik nazorati kuchaytiriladi;

Mahalla darajasida hal etish imkoniyati bo‘lmagan masalalar tegishli darajaga olib chiqilib, ularning yechimi bo‘yicha amaliy choralar ko‘riladi.

Shu tariqa “mahalla yettiligi — mahalliy Kengash — Senat” o‘rtasidagi hamkorlik aholi muammolarini quyi bo‘g‘inning o‘zida aniqlash, mas’ullarni birlashtirish va muammoni natijagacha kuzatib borishga xizmat qiladi.

Qarorning bosh maqsadi — mahalladagi har bir muammoni eshitish emas, balki uni aniqlash, yechimga yo‘naltirish va natijasini nazorat qilish orqali aholi manfaatini ta’minlashdir.

Slide 1 of 1