35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИШЛАР ДАВОМ ЭТМОҚДА
янв.21
«ЎСИМЛИКЛАРНИ ҲИМОЯ ҚИЛИШ ТЎҒРИСИДА»ГИ ҚОНУН ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЁШЛАР БИЛАН ИШЛАШДА ЯНГИ ТИЗИМ: «1 ОЙ — 4 МАҲАЛЛА» ТАМОЙИЛИ
янв.21
ЁШЛАРНИ КАСБ-ҲУНАРГА ЎҚИТИШ МАРКАЗИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДОИМИЙ КОМИССИЯ ЙИҒИЛИШИДА «ОҒИР» МАҲАЛЛАЛАРДА АМАЛГА ОШИРИЛАЁТГАН ИШЛАР МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ДЕПУТАТ ҲУДУДДА КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИШЛАР ОЛИБ БОРДИ
янв.21
ҚАРОР ИЖРОСИ ЮЗАСИДАН ЎРГАНИШЛАР ЎТКАЗИЛДИ.
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ ВА ФАРМОН ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАН СУДЛАРИ УЧУН ҚУРИЛАЁТГАН ЯНГИ БИНОДА ЎРГАНИШ ОЛИБ БОРИЛДИ.
янв.21
45-СОНЛИ МАКТАБДА ОЛИБ БОРИЛАЁТГАН ТАЪМИРЛАШ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
“Kimyogarlar o‘yingohi” hududidagi loyiha yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati F.Qaxxarova tomonidan “Kalvak” mahalla fuqarolar yig‘inida navbatdagi o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish jarayonida Kengash kotibiyati bosh mutaxassislari X.Abdullayev va A.Adhamov tomonidan amaliy ko‘mak ko‘rsatildi.

O‘rganish davomida ko‘cha boshi Tolipov Foziljon va mahalla faollari bilan suhbatlashilib, mahalla hududida joylashgan “Kimyogarlar o‘yingohi” bo‘yicha mavjud holat o‘rganildi.

Ma’lum bo‘lishicha, mazkur o‘yingoh o‘rnida tadbirkorlik subyekti tomonidan ko‘p qavatli uy-joy qurish loyihasi bo‘yicha tashabbus bildirilgan. Biroq ushbu mahallada istiqomat qiluvchi fuqarolar tomonidan mazkur loyiha yuzasidan norozilik va e’tirozlar bildirilgani ma’lum bo‘ldi.

Masala joyiga chiqib o‘rganilib, aholining fikr va mulohazalari tinglandi. Loyihaning hudud aholisi manfaatlariga ta’siri, mavjud o‘yingoh o‘rnidan foydalanish masalalari hamda qurilish bilan bog‘liq holatlarni batafsil ko‘rib chiqish zarurligi qayd etildi.

Mazkur masala deputat F.Qaxxarova nazoratiga olinib, mutasaddi tashkilotlarni jalb qilgan holda loyiha yuzasidan batafsil o‘rganish ishlarini olib borish hamda mavjud masalalarga tegishli tartibda yechim topish bo‘yicha kelishib olindi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 6