35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИШЛАР ДАВОМ ЭТМОҚДА
янв.21
«ЎСИМЛИКЛАРНИ ҲИМОЯ ҚИЛИШ ТЎҒРИСИДА»ГИ ҚОНУН ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЁШЛАР БИЛАН ИШЛАШДА ЯНГИ ТИЗИМ: «1 ОЙ — 4 МАҲАЛЛА» ТАМОЙИЛИ
янв.21
ЁШЛАРНИ КАСБ-ҲУНАРГА ЎҚИТИШ МАРКАЗИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДОИМИЙ КОМИССИЯ ЙИҒИЛИШИДА «ОҒИР» МАҲАЛЛАЛАРДА АМАЛГА ОШИРИЛАЁТГАН ИШЛАР МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ДЕПУТАТ ҲУДУДДА КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИШЛАР ОЛИБ БОРДИ
янв.21
ҚАРОР ИЖРОСИ ЮЗАСИДАН ЎРГАНИШЛАР ЎТКАЗИЛДИ.
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ ВА ФАРМОН ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАН СУДЛАРИ УЧУН ҚУРИЛАЁТГАН ЯНГИ БИНОДА ЎРГАНИШ ОЛИБ БОРИЛДИ.
янв.21
45-СОНЛИ МАКТАБДА ОЛИБ БОРИЛАЁТГАН ТАЪМИРЛАШ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
Ziyokor mahallasida jinoyatchilikning oldini olish va yo‘l harakati xavfsizligi masalalari o‘rganildi.

Tuman Kengashi deputati J. Allayorova tomonidan Ziyokor mahallasida profilaktika inspektori bilan hamkorlikda “Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha tavsiyalar” asosida “24 ta tavsiya” ijrosini ta’minlash yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida hududdagi jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish holati, “qizil” va “sariq” toifadagi hududlarda jinoyatchilikni bartaraf etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.

Ta’kidlash joizki, bugungi kunda Ziyokor mahallasi jinoyatchilik bo‘yicha “yashil” toifaga kiritilgan. Ushbu ijobiy natijani saqlab qolish va hududda huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha profilaktik ishlarni izchil davom ettirish muhimligi qayd etildi.

Shuningdek, yo‘l-transport hodisalarining oldini olish va piyodalar xavfsizligini ta’minlash masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi. Avval bildirilgan murojaat asosida hozirgi kunda hududda piyodalar yo‘lakchasi qurilayotgani qayd etildi.

Bundan tashqari, maktab hududida o‘quvchilar va piyodalar xavfsizligini ta’minlash maqsadida “aqlli svetofor” o‘rnatish zarurati qayd etildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha mavjud muammolarni bartaraf etish, mahallada erishilgan ijobiy natijalarni yanada mustahkamlash, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish hamda yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi kotibiyati

Slide 1 of 3