35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИШЛАР ДАВОМ ЭТМОҚДА
янв.21
«ЎСИМЛИКЛАРНИ ҲИМОЯ ҚИЛИШ ТЎҒРИСИДА»ГИ ҚОНУН ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЁШЛАР БИЛАН ИШЛАШДА ЯНГИ ТИЗИМ: «1 ОЙ — 4 МАҲАЛЛА» ТАМОЙИЛИ
янв.21
ЁШЛАРНИ КАСБ-ҲУНАРГА ЎҚИТИШ МАРКАЗИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДОИМИЙ КОМИССИЯ ЙИҒИЛИШИДА «ОҒИР» МАҲАЛЛАЛАРДА АМАЛГА ОШИРИЛАЁТГАН ИШЛАР МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ДЕПУТАТ ҲУДУДДА КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИШЛАР ОЛИБ БОРДИ
янв.21
ҚАРОР ИЖРОСИ ЮЗАСИДАН ЎРГАНИШЛАР ЎТКАЗИЛДИ.
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ ВА ФАРМОН ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАН СУДЛАРИ УЧУН ҚУРИЛАЁТГАН ЯНГИ БИНОДА ЎРГАНИШ ОЛИБ БОРИЛДИ.
янв.21
45-СОНЛИ МАКТАБДА ОЛИБ БОРИЛАЁТГАН ТАЪМИРЛАШ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
#_deputat_faoliyati #_24_ta_masala Elektr ta’minoti — deputatlik nazoratida
#_deputat_faoliyati
#_24_ta_masala
Elektr ta’minoti — deputatlik nazoratida


Xalq deputatlari Sariosiyo tumani Kengashining 7-“Tortuli” saylov okrugidan saylangan deputati, kotibiyat mudiri M.Ashurov tomonidan “Tortuli” mahallasida elektr ta’minoti bilan bog‘liq masalalar, xususan, elektr ustunlarini yangilash va almashtirish ishlarining holati o‘rganildi.
O‘rganish davomida mahalla hududidagi mavjud elektr ustunlarining texnik holati, aholi uchun elektr energiyasini yetkazib berishdagi mavjud muammolar hamda elektr tarmoqlari infratuzilmasini yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, elektr ustunlarini almashtirish ishlari belgilangan talablar asosida olib borilayotgani, ishlarning sifati va xavfsizlik talablariga rioya etilishi masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Aholi uchun xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan eskirgan yoki yaroqsiz elektr ustunlarini o‘z vaqtida aniqlash va yangilash muhimligi ta’kidlandi.
Deputat tomonidan mazkur masala deputatlik nazorati doirasida o‘rganilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va belgilangan ishlarning sifatli amalga oshirilishini ta’minlash yuzasidan mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikni davom ettirish belgilandi.
Aholining munosib turmush sharoitini ta’minlash, elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va ularni bartaraf etish, hudud infratuzilmasini yaxshilash hamda fuqarolar murojaatlariga amaliy yechim topish deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.
Deputatlik nazorati — muammoni aniqlashdan uni amaliy hal etishgacha.
Slide 1 of 3