35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИШЛАР ДАВОМ ЭТМОҚДА
янв.21
«ЎСИМЛИКЛАРНИ ҲИМОЯ ҚИЛИШ ТЎҒРИСИДА»ГИ ҚОНУН ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЁШЛАР БИЛАН ИШЛАШДА ЯНГИ ТИЗИМ: «1 ОЙ — 4 МАҲАЛЛА» ТАМОЙИЛИ
янв.21
ЁШЛАРНИ КАСБ-ҲУНАРГА ЎҚИТИШ МАРКАЗИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДОИМИЙ КОМИССИЯ ЙИҒИЛИШИДА «ОҒИР» МАҲАЛЛАЛАРДА АМАЛГА ОШИРИЛАЁТГАН ИШЛАР МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ДЕПУТАТ ҲУДУДДА КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИШЛАР ОЛИБ БОРДИ
янв.21
ҚАРОР ИЖРОСИ ЮЗАСИДАН ЎРГАНИШЛАР ЎТКАЗИЛДИ.
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ ВА ФАРМОН ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАН СУДЛАРИ УЧУН ҚУРИЛАЁТГАН ЯНГИ БИНОДА ЎРГАНИШ ОЛИБ БОРИЛДИ.
янв.21
45-СОНЛИ МАКТАБДА ОЛИБ БОРИЛАЁТГАН ТАЪМИРЛАШ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
#deputat_faoliyati

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati I. Xolov hamda O‘zbekiston XDP Jondor tumani kengashi raisi B. Enazarovlar hamkorligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2026 — 2028 yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–393-sonli qarori ijrosini ta’minlash doirasida Bahoriston mahallasida amalga oshirilayotgan qurilish ishlari o‘rganildi.
🔹O‘rganish davomida hududdagi 28-umumiy o‘rta ta’lim maktabi uchun barpo etilayotgan qiymati 2 843 630 ming so‘m bo‘lgan 180 o‘rinli qo‘shimcha bino qurilishining borishi ko‘zdan kechirildi. Qurilish-montaj ishlarining sifati, belgilangan muddatlarga amal qilinishi, obyektning zamonaviy talablar asosida barpo etilishi, transformatorni atrofini o‘rash, elektr havo liniyasiga ulash hamda qozonxona faoliyatini tiklash yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.
🔹Ta’kidlanganidek, mazkur qo‘shimcha o‘quv binosi foydalanishga topshirilgach, maktabdagi o‘quvchilar uchun yanada keng va qulay ta’lim muhiti yaratiladi, sinf xonalari yetishmovchiligi bartaraf etilib, ta’lim sifati va o‘quv jarayoni samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
🔹Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputatlari tomonidan Prezident qarorlari ijrosi, aholi uchun muhim bo‘lgan ijtimoiy obyektlarda olib borilayotgan ishlar yuzasidan jamoatchilik nazorati va o‘rganishlar izchil davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 2