35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ — ДЕПУТАТ ЭЪТИБОРИДА
янв.21
МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ МУАССАСАСИДАГИ ШАРОИТЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МУСТАҚИЛЛИК БАЙРАМИГА МУНОСИБ ТАЙЁРГАРЛИК КЎРИЛМОҚДА
янв.21
«ПОДШО ОТА» СОЙИДА СУНЪИЙ КЎЛ: ТУРИЗМ УЧУН ЯНГИ ИМКОНИЯТ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАКТАБДАГИ ТАЪМИРЛАШ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ҲУДУД МУАММОЛАРИ ДЕПУТАТ ЭЪТИБОРИДА
янв.21
АҲОЛИНИНГ ГАЗ ТАЪМИНОТИ БЎЙИЧА МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
БОЛАЛАР НАФАҚАСИ БЎЙИЧА МУРОЖААТЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ТОМОРҚАДАН УНУМЛИ ФОЙДАЛАНИШ — ОИЛА ФАРОВОНЛИГИ ОМИЛИ
“Og‘ir” mahallada olib borilayotgan ishlar o‘rganildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ-49-son hamda Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yil 24-fevraldagi VII-27-10-10-136-K/26-sonli qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida olib borilayotgan ishlar Kengashning 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan saylangan deputat M.Ashurov tomonidan tuman hokimligi mas’ullari ishtirokida o‘rganildi.

🔺O‘rganish davomida “Bog‘iston” mahallasida belgilangan 1 dona yangi transformator va 45 dona elektr ustunlarini o‘rnatish, 1,5 kilometr elektr tarmoqlarini yangilash, 40 dona tungi yoritish chiroqlarini joylashtirish, 1,2 kilometr piyodalar yo‘laklarini qurish hamda 4 kilometr ichki yo‘llarni asfaltlashtirish ishlari bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

🔺Deputat o‘rganuvi jarayonida, mahallada piyodalar harakati xavfsizligini ta’minlash va aholiga qulay sharoit yaratishga qaratilgan 1,2 kilometrlik piyodalar yo‘laklarini qurish ishlari bilan yaqindan tanishdi. Joyida ishlarning borishi, qurilish sifati, belgilangan hajmlarning bajarilishi hamda piyodalar uchun yaratilayotgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi. Piyodalar yo‘laklarining sifatli qurilishi, harakatlanish uchun qulay va xavfsiz bo‘lishi, shuningdek, obodonlashtirish ishlari bilan uyg‘unlashtirilishi muhimligi ta’kidlandi.

🔺O‘rganish yakunida mas’ullarga belgilangan ishlarini o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish, qurilish jarayonida belgilangan me’yor va talablarga qat’iy rioya qilish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi. Mahallada belgilangan barcha infratuzilma loyihalarining ijrosi, ularning sifati va aholi uchun yaratilayotgan qulayliklar muntazam ravishda deputat tomonidan nazorat qilib borilishi belgilandi.

Slide 1 of 4